Maxmudov Abdulxalim Xamidovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak magistrlarni kompetentli tayyorlashning didaktik ta’minotini takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Ped23.
Ilmiy maslahatchi: Djuraev Risbay Xaydarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Dilorom Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Tursunov Sobir Turdievich, pedagogika fanlari doktori; Urazova Marina Batirovna, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak magistrlarni kompetentli tayyorlashning didaktik ta’minot tizimini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
magistratura talabalarida kompetentlikni rivojlantirishga ta’sir etuvchi, zamon talablariga mos bo‘lmagan, maqsadli, mazmunli va tuzulmaviy parametrlar tizimli tahlil asosida aniqlangan;
didaktik ta’minotiga qo‘yiladigan magistratura talabalari ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga, kasbiy bilimlarini integratsiyalashga, o‘qish jarayonini intensifikatsiyalash va individuallashtirishga, kasbiy ko‘nikma va tajribalarini shakllantirilishiga yo‘naltirilgan talablar kompetentlik tahlil asosida takomillashtirilgan;
didaktik ta’minotini modernizatsiyalashning metodologik asosi bo‘lgan, diagnostik va tizimli didaktika prinsiplariga asoslangan hamda kompetentlik tayyorlash sharoitlariga mos tushuvchi bitiruvchining shaxs modeli takomillashtirilgan;
ta’lim maqsadi darajasida – o‘quv-ijodiy reja; mazmuni darajasida – kompetentli o‘quv-uslubiy majmua; texnologiya darajasida–kreativ o‘qish tizimi; ta’lim natijalarini baholash darajasida – kompetentlikning kompleks pedagogik diagnostikasi kabilarni o‘z ichiga olgan modernizatsiyalashgan didaktik ta’minotining tuzilishi va mazmuni aniqlangan;
bo‘lajak magistrlarda kompetentlikni shakllanganlik darajasini kirish, semestrlararo hamda attestatsion bosqichlaridagi pedagogik diagnostik majmuasining tuzilmaviy va mazmunli tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bo‘lajak magistrlarni kompetentli tayyorlashning didaktik ta’minotini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijasi asosida:
magistratura talabalarida shakllanishi lozim bo‘lgan kompetensiyalar tizimi va magistrlarning kompetent tayyorgarligining didaktik ta’minotiga qo‘yiladigan talablar magistratura mutaxassisliklari Davlat ta’lim standartining mazmuniga singdirilgan («O‘zstandart» agentligi tomonidan 2014 yil 27 avgust 4755-son bilan ro‘yxatga olingan). Mazkur takliflar magistratura bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini ishlab chiqish hamda takomillashtirilgan o‘quv reja, dasturlar va o‘quv-uslubiy majmualarni yaratishga xizmat qilgan;
bo‘lajak magistrlarni kompetentli tayyorlashning didaktik ta’minotini takomillashtirishga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 30 oktyabrdagi 9-2015-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o‘tash tartibi to‘g‘risida»gi nizomda o‘z aksini topdi. Natijada takomillashtirilgan didaktik ta’minotni amaliyotga tatbiq etish orqali magistratura talabalarining stajirovkasini tashkil qilish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
magistratura talabasining o‘quv-metodik, ilmiy tadqiqot, pedagogik amaliyot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirishga doir takliflardan Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-son «Magistratura to‘g‘risida»gi qarori asosida me’yoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 31 oktyabrdagi 89-03-3048-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni joriy etilishi o‘quv jarayonini va bajarilayotgan dissertatsiya ishlarini sifatini oshirilishiga imkon bergan.