Xamraeva Xulkar Xamidullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbek milliy raqs san’ati terminlari tadqiqi», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Fil236.
Ilmiy rahbar: Sayfullaeva Ra’no Raufovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Saidov Yoqub Siddiqovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xudayberganova Durdona Sidikovna, filologiya fanlari doktori, professor; Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek milliy raqs san’ati terminologiyasining mukammal lug‘atini shakllantirish va o‘zbek leksikologiyasidagi mavqeini belgilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek milliy raqs san’ati terminlarining mazmuni, shakli, tuzilishi, tarkibi bo‘yicha mohiyati ochib berilgan va ularning leksik sathdagi o‘rni aniqlangan, nominativ birliklarni yaratish tamoyillari dalillangan;
o‘zbek tilida milliy raqs san’ati leksikasi muammosi hamda terminlar tizimi “Maxsus maqsadli til” konsepsiyasining tarkibiy qismi sifatida professional til elementlari ekanligi asoslangan;
milliy-madaniy guruhni xarakterlovchi raqs, libos va bezaklarning o‘rni, terminologik strukturadagi ichki guruhlarni ifodalovchi nomlarning o‘xshash, farqli va o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
o‘zbek milliy raqs san’ati terminlarining leksik-semantik, lingvokul`turologik va sotsiolingvistik tabiati viloyatlar kesimi asosida dalillanib, hududiy raqs maktablariga oid terminologik birliklar tarkibiy va mazmuniy jihatdan farqlanishi sotsiolektlar tushunchasi doirasida asoslangan;
Xorazm, Farg‘ona-Toshkent, Buxoro-Samarqand raqs maktablariga oid raqs nomlari artionimlar guruhiga mansub onomastik birliklar isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek milliy raqs san’ati terminlarini tadqiq qilish jarayonida olingan ilmiy natija va xulosalar asosida: 
o‘zbek milliy raqs san’ati terminologiyasiga oid xulosalarda A1-XT-O92997-son “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy- axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2021 yil 14 sentyabrdagi 181-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba-yoshlar o‘zbek milliy raqs san’ati terminlari, ularning lingvokul`turologik tadqiqi xususida ma’lumotga ega bo‘lishgan;
milliy raqs san’ati lingvokul`turologiyasiga oid taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020-2021 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyati doirasida hamda 2017-2020 yillarda amalga oshirilgan “Sharq Renessansi davri allomalari va mutafakkirlari asarlarining ilmiy-falsafiy va badiiy-lingvistik tadqiqi” hamda “Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi kurashning zamonaviy mexanizm va texnologiyalarini yaratish” mavzusidagi davlat grantlarini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 10 sentyabrdagi 02/08-1077-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’ruzalar va mavzular ko‘lamining boyishiga, milliy raqs terminlarining leksik-semantik ma’no guruhlarini aniqlashga erishilgan;
hududiy raqs maktablariga oid terminologik birliklar tarkibiy va mazmuniy jihatdan farqlanishi xususidagi ilmiy xulosalardan FA-FI-G003-son “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental tadqiqotni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar  ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 15 sentyabrdagi 17-01-1215-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq milliy raqs san’ati terminlarining badiiy-estetik xususiyatlari milliy qadriyatlar bilan bog‘liqligi asoslangan;
o‘zbek lug‘atchiligida til va madaniyat mushtarakligini ta’minlovchi lingvistik birliklar tavsifi xususidagi xulosalardan 5221000 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan “Hozirgi o‘zbek tili” (muallif B.Mengliev) darsligida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 8 sentyabrdagi 02-1489-son ma’lumotnomasi). Natijada lug‘atchilik va terminologiya mavzusidagi ma’ruzalarning ilmiyligi ta’minlangan;
fol`klor raqslari va marosim raqslariga oid terminlarni aniqlash,o‘rganish va tadqiq qilish, ularning lisoniy salohiyati parametrlarini hisobga olish til-ifoda tasvir vositalari hamda milliy qadriyatlar va an’analarning lingvokul`turologiyasi haqidagi nazariy fikr va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F-I-005-son “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 13 sentyabrdagi 241/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tayyorlangan monografiyalarning marosim raqslari haqidagi boblarining ilmiy saviyasini oshirishga erishilgan;
o‘zbek milliy raqs san’ati terminlarining mohiyati hamda ularning leksik sathdagi o‘rnini aniqlashtirish, nominativ birliklarning tizimli tasnifini yaratish bilan bog‘liq jihatlari xususidagi nazariy xulosalardan O‘zMTRK «O’zbekiston» teleradiokanalining «Ta’lim va taraqqiyot», ”Bedorlik”, «Adabiy jarayon» radiodasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O’zbekiston» teleradiokanalining 2021yil 2 iyundagi 89-03-1213-son ma’lumotnomasi). Natijalar tinglovchilarning zamonaviy tilshunoslik va terminologiya masalalari borasidagi bilimlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish