Nigmatova Lolaxon Xamidovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mustaqillik davri o‘zbek lug‘atchiligida til va madaniyat mushtarakligi muammosi », 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.DSc/Fil203.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Shaxobiddinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilida til va madaniyat mushtarakligining leksikografik talqinlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillik davri o‘zbek leksikografiyasi lingvomadaniy hamda lingvoma’naviy aspektda baholanib, mustaqillik davri o‘zbek lug‘atchiligida til va madaniyat mushtarakligini ta’minlovchi globallashuv, axborot texnologiyalri taraqqiyoti kabi tashqi, milliy o‘zlikning yuksalishi, diniy-ma’rifiy dunyoqarashning shaffoflashuvi kabi ichki va nutqiy voqelanishida sof lingvistik omillar aniqlangan;
jahon izohli lug‘atchiligida til va madaniyatning genetik uyg‘unligi, o‘zbek tili umumiy izohli lug‘atlarida til va madaniyatning dialektik va sineraetik yaxlitligi, o‘zbek tili maxsus izohli lug‘atlarida til va madaniyatning ilmiy tafakkur va ifodaviy xoslanish mushtarakligi dalillangan;
jahon o‘quv lug‘atchiligida yosh avlod dunyoqarashidagi til va madaniyat mushtarakligining shakllanishi va rivojlanishi, o‘zbek tilining maktabgacha ta’lim lug‘atlarida, o‘zbek tilining maktab o‘quv lug‘atlarida til va madaniyatning ta’lim mazmuni maqsadi va usuli ta’minotiga bo‘ysundirilgan yaxlitligi ochib berilgan;
dunyo til korpuslarida til va madaniyat mushtarakligini ta’minlashdagi milliylik va umuminsoniylikning ifodasi, o‘zbek tili umumiy korpuslarida til va madaniyat uyg‘unligini aks ettirishning milliy va etnik, sotsial va gender tamoyillari, o‘zbek tili maxsus korpuslarida til va madaniyatning xususiy ko‘rinishlari, uning tor sotsial qatlamlarda voaelanishini ifodalash zarurati asoslangan;
o‘zbek leksikografiyasida o‘zbek tilidagi milliy ruhni qayd etish va tavsiflash, mavjud lug‘atlarni ushbu aspektda takomillashtirish, yangi avlod lug‘atlarida til va madaniyat mushtarakligi tamoyilini tayanch omil sifatida olish tilni saqlab qolish va rivojlantirishning asoslaridan biri ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jahon hamda o‘zbek leksikografiyasi va lug‘atchiligining yangilanish tendensiyalari hamda leksikografik talqinlarda til va madaniyat mushtarakligi o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mustaqillik davri o‘zbek lug‘atchiligida til va madaniyat mushtarakligini ta’minlovchi tashqi, ichki hamda lingvistik omillar ustida ishlash jarayonida jahon va o‘zbek tilining umumiy izohli lug‘atlarida til va madaniyat yaxlitligi muammosi bilan bog‘liq nazariy asoslardan I-OT-2019-42 «O‘zbek va ingliz tillarning elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atni yaratish» mavzusidagi fundamental loyihada (2019-2021) foydalanilgan (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 1 dekabrdagi №04/1-1469-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari o‘zbek o‘quv lug‘atchiligida til va madaniyat yaxlitligiga asoslangan me’yoriy o‘quv lug‘atlarini yaratishga oid yangi ilmiy manba va ma’lumotlar bilan boyigan;
o‘zbek tilida til va madaniyat mushtarakligi borasidagi, xususan, muloqot jarayonini shaxs-nutq kesishmasida amaliy tadqiq etish asnosida nutqning sotsial xoslanganlik xususiyatlarini aniqlash, nutq birliklarini tavsiflash, nutqqa yondosh paralingvistik vositalarni kuzatish va matnga kul`turologik yondashuv asosida uning idrok etilishiga doir nazariy xulosalardan OT-F1-18 «Ommaviy lisoniy madaniyatni shaklantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi fundamental loyihada (2017–2020) foydalanilgan (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 1 dekabrdagi 04/1-1469-son ma’lumotnomasi). Natijada, muloqotning ommaviy turlari shakllarining nazariy talqini mukammallashgan;
o‘quv lug‘atlarining til vositasida milliy madaniyat, ma’naviyatning inson ongiga singdirilishidagi o‘rni, lug‘atlarda xalq ruhiyati, ma’naviy qiyofasi, insoniy sifatlarining aks etishi, til, madaniyat, ma’naviyat mushtarakligi xususidagi nazariy qarashlardan «S-UZ800-18-GR-002»-raqamli«Access-STEM» mavzusidagi fundamental loyihada (2018–2020) foydalanilgan(Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi № 89-03-5150-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida ikki tilli lug‘atlarni yaratishda til, madaniyat va ma’naviyat mushtarakligini ta’minlash tamoyillarining mukammal darajada ishlab chiqilishiga erishilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalar va maktab o‘quvchilarining ona tilidan amaliy foydalanish ko‘nikmalarini o‘stirish, til kompetentligini oshirish, lug‘at zaxirasini boyitish, tilning ilmiy me’yorlarini o‘zlashtirish va unga amal qilishni o‘rgatish, yozma va og‘zaki savodxonlikni oshirishga doir nazariy va amaliy xulosalar asosida Buxoro televideniesining «Diyor» axborot dasturidagi «Til − millat ko‘zgusi», shuningdek, «Ma’naviyatimiz sarchashmasi», «Dolzarb mavzu» ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 24.11 dagi 1/283-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan;
o‘quv lug‘atlarining til vositasida milliy madaniyat, ma’naviyatning inson ongiga singdirilishidagi o‘rni, lug‘atlarda xalq ruhiyati, ma’naviy qiyofasi, insoniy sifatlarining aks etishi, til, madaniyat, ma’naviyat mushtarakligi xususidagi nazariy ma’lumotlardan «Ruscha-inglizcha-o‘zbekcha sport atamalarining izohli lug‘ati»ni tayyorlashda foydalanilgan. Natijada loyiha doirasida ikki tilli lug‘atlarni yaratishda til, madaniyat va ma’naviyat mushtarakligini ta’minlash tamoyillarining mukammal darajada ishlab chiqilishiga erishilgan.