Bayazitov Kamil` Faritovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Og‘ir atletikachilarning ko‘p yillik tayyorgarligini boshqarishni takomillashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Ped204.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Kerimov Fikrat Azizovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi Bir martalik kengash.
Rasmiy opponentlar: Sivoxin Ivan Pavlovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Usmonxodjaev Talat Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Korobeynikov Georgiy Valer`evich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi og‘ir atletikachilarning sport natijadorligini samarali oshirishga ko‘maklashuvchi ko‘p yillik tayyorgarligini boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik ta’sirlar majmuasini ilmiy-nazariy va eksperimental jihatdan asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p yillik sport tayyorgarlik guruhlarida sport natijalarining o‘sishiga ta’sir ko‘rsatuvchi umumiy jismoniy tayyorgarligi (UJT), maxsus jismoniy tayyorgarligi (MJT), jismoniy rivojlanganligi (JR) va texnik tayyorgarligi (TT) omillarning bog‘liqlik darajasidan kelib chiqib og‘ir atletikachilarning har bir tayyorgarlik bosqichi uchun mashg‘ulotning umumiy tuzilmasini ishlab chiqish hisobiga alohida bosqichlarni boshqarish imkoniyati takomillashtirilgan;
og‘ir atletikachilarning musobaqa mashqlaridagi tayyorgarligining individual tiplaridan kelib chiqib dast va siltab ko‘taruvchilar uchun mashqlarni yetakchi ko‘rsatkichlarini rivojlantirish hamda ortda qolayotganlarini etkazib olishga qaratilgan maqsadli mashg‘ulot yuklama nisbatlarini ishlab chiqish evaziga universal sportchilarni tayyorlash imkoniyati takomillashtirilgan;
og‘ir atletika mashqlarining sport natijalari bilan o‘zaro bog‘liqligidan kelib chiqib shtangani dast va siltab ko‘tarishda ushlash kengliklari va o‘tirish holatlarining mutanosibligini ta’minlashda har bir bosqich uchun tanlab yo‘naltirish evaziga maxsus tayyorgarlikni oshirish imkoniyati kengaytirilgan;
og‘ir atletikachilarning ko‘p yillik tayyorgarligida yetakchi sifatlarni rivojlantirish uchun qulay yosh zonalari bo‘yicha mashg‘ulot yuklamasi hajmining konsentatsiyasini ishlab chiqish hisobiga sportchilarni musobaqalarga tayyorlash tizimi takomillashtirilgan;
bosqichma-bosqich tayyorgarlikning yosh chegaralarini, og‘ir atletikaga xos yetakchi sifatlarni rivojlantirish uchun qulay yosh (sensitiv) zonalarni, sport natijalari o‘sishiga ta’sir qiluvchi tezkor kuch sifatlarni, shuningdek, sport mahorati shakllanishining turli bosqichlarida ustuvor yo‘nalishlarni aniqlashtiruvchi og‘ir atletikachilarning ko‘p yillik tayyorgarlik modeli ishlab chiqilgan;
ilk bor og‘ir atletikachilarning ko‘p yillik tayyorgarligining turli bosqichlarida yosh davrlari bo‘yicha sport mahorati shakllanishi turli bosqichlarining maxsus jismoniy, mativatsion, funksional, nazariy tayyorgarligi, musobaqaviy faoliyat tuzilishi hamda sport tayyorgarligining o‘ziga xos xususiyatlari, sport natijadorligining o‘sish sur’atlarining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berish hisobiga sport mashg‘ulotlarining uzoq muddatli namunasi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Og‘ir atletikachilarning ko‘p yillik sport tayyorgarligini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha pedagogik tajribalar davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘p yillik sport tayyorgarlik guruhlarida sport natijalarining o‘sishiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillarning bog‘liqlik darajasidan kelib chiqib og‘ir atletikachilarning har bir tayyorgarlik bosqichi uchun mashg‘ulotning umumiy tuzilmasini tadbiq qilish bo‘yicha takliflar “Og‘ir atletika, velosport va ot sporti nazariyasi va uslubiyati” kafedrasining nazariy va ilmiy-uslubiy bazasini kengaytirish va to‘ldirish uchun qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 19 avgustdagi 03-17-02/5241-son ma’lumotnomasi). Natijada “Sport faoliyati”: “Og‘ir atletika nazariyasi va uslubiyati” hamda “Og‘ir atletikda sport-pedagogik mahoratni oshirish” yo‘nalishining nazariy asoslari kengaytirilgan va “Og‘ir atletikachilarning ko‘p yillik tayyorgarligini boshqarishni takomillashtirish” mavzusida monografiya chop etilgan;
og‘ir atletikachilarning musobaqa mashqlaridagi tayyorgarligining individual tiplaridan kelib chiqib dast va siltab ko‘taruvchilar uchun mashqlarni yetakchi ko‘rsatkichlarini rivojlantirish maqsadida universal sportchilarni tayyorlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 19 avgustdagi 03-17-02/5241-son ma’lumotnomasi). Natijada og‘ir atletika, pauerlifting, tosh ko‘tarish va boshqa kuchga qaratilgan sport turlari mutaxassislari malakasini oshirish kurslarining ilmiy-nazariy bazasini kengaytirishgan hamda to‘ldirilgan;
og‘ir atletika mashqlarining sport natijalari bilan o‘zaro bog‘liqligidan kelib chiqib shtangani dast va siltab ko‘tarishda ushlash kengliklari va o‘tirish holatlarining mutanosibligi bo‘yicha har bir bosqich uchun tanlab yo‘naltirish evaziga maxsus tayyorgarlikni oshirish bo‘yicha takliflar Toshkent shahri Respublika olimpiya zaxiralari kolleji og‘ir atletika bo‘limining o‘quv jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 19 avgustdagi 03-17-02/5241-son ma’lumotnomasi). Natijada dast ko‘tarish guruhi og‘ir atletikachilarining siltab ko‘tarishdagi sport natijalarini 23,2%ga, siltab ko‘tarish guruhi og‘ir atletikachilarning dast ko‘tarishdagi natijalarini 19,6%ga oshirish imkonini bergan;
og‘ir atletikachilarning ko‘p yillik tayyorgarligida yetakchi sifatlarni rivojlantirish uchun qulay yosh zonalari bo‘yicha mashg‘ulot yuklamasi hajmining konsentatsiyasini ishlab chiqish hisobiga sportchilarni musobaqalarga tayyorlash bo‘yicha takliflar Chirchiq shahri olimpiya zaxiralari kollejining og‘ir atletika bo‘limida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 19 avgustdagi 03-17-02/5241-son ma’lumotnomasi). Natijada model` tavsiflar ko‘p yillik sport tayyorgarligining turli bosqichlarida natijador va istiqbolli og‘ir atletikachilarni samarali aniqlash imkonini bergan;
bosqichma-bosqich tayyorgarlikning yosh chegaralarini, og‘ir atletikaga xos yetakchi sifatlarni rivojlantirish uchun qulay yosh (sensitiv) zonalarini, sport natijalari o‘sishiga ta’sir qiluvchi muhim omillarni, shuningdek, sport mahorati shakllanishining turli bosqichlarida ustuvor yo‘nalishlarni aniqlashtiruvchi, og‘ir atletikachilarning ko‘p yiilik tayyorgarlik modelini qo‘llash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi tomonidan qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 19 avgustdagi 03-17-02/5241-son ma’lumotnomasi). Natijada og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Akbar Jo‘raev 109 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida dast ko‘tarishda 193 kg, siltab ko‘tarishda 237 kg va ikkikurash yig‘indisi bo‘yicha 430 kg natija ko‘rsatib “Tokio-2020” XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan;
ilk bor og‘ir atletikachilarning ko‘p yillik tayyorgarligining turli bosqichlarida yosh davrlari bo‘yicha sport mahorati shakllanishi turli bosqichlarining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berish hisobiga sport mashg‘ulotlarining uzoq muddatli namunasi “Og‘ir atletika, velosport va ot sporti nazariyasi va uslubiyati” kafedrasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 19 avgustdagi 03-17-02/5241-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilayotgan informatsion testlar majmuasi turli malakadagi og‘ir atletikachi talabalarning sport tayyorgarligi darajasini aniqlash uchun hamda og‘ir atletika bo‘yicha kirish imtihonlarida qo‘llanilgan.