Sirojidinov Behzod Arabdjonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Avstraliya va Hindi-Xitoy g‘o‘za turlarining filogenetik munosabatlari», 03.00.09–Umumiy genetika (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/B34.

Ilmiy rahbar: Abdullaev Abdumavlyan, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.53.01.

Rasmiy opponentlar: Axmedov Jamolxon Xodjaxonovich, biologiya fanlari doktori; Mamaro‘ziev Abduqayum Abdumablon o‘g‘li, biologiya fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jalik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Avstraliya va Hindi-Xitoy diploid g‘o‘za turlarining o‘zaro filogenetik munosabatlarini aniqlash, turlararo duragaylash va eksperimental poliploidiya uslublaridan foydalanish asosida qimmatli manbalar olishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Avstraliya va Hindi-Xitoy diploid g‘o‘za turlarining o‘zaro filogenetik munosabatlari aniqlangan;

Avstraliya va Hindi-Xitoy diploid g‘o‘za turlarining turlararo duragaylash, sitoembriologik, qiyosiy morfologiya uslublaridan foydalanish asosida yangi filogenetik tizim yaratilgan va ularning sistematik o‘rniga aniqlik kiritilgan;

yangi genotiplarga ega bo‘lgan duragay shakllarni geksaploid darajasiga ko‘tarib, ulardan genetik-seleksion izlanishlarda samarali foydalanish imkoniyatlari aniqlangan;

ilk bor G.hirsutum ssp. euhirsutum Namangan 77 x (ssp. obtusifolium var. indicum x G.australe), G.hirsutum ssp. euhirsutum Kelajak x (ssp. nanking (oq tolali) x G.nelsonii) introgressiv duragay shakllarning morfobiologik va qimmatli xo‘jalik belgilarining irsiylanishi va o‘zgaruvchanlik xarakteri ochib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Avstraliya va Hindi-Xitoy diploid g‘o‘za turlarining o‘zaro filogenetik munosabatlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

g‘o‘zaning noyob introgressiv shakllari FA-A8-T017 raqamli «G‘o‘za genofondining diploid va tetraploid turlariga oid dunyoviy xilma-xilliklari orasidan turli uslublar qo‘llash asosida qimmatli namunalar ajratib olish, baholash, seleksiyaviy jarayonni jadallashtirish» mavzusidagi loyihasida g‘o‘za turlarining morfo-xo‘jalik belgilarini baholash va donorlik xususiyatlarini aniqlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2017 yil 29 sentyabrdagi 4/1255-1984-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar Gossypium L. turkumi diploid va tetraploid turlarining biologik xususiyatlari va seleksiyaviy potensialini baholash hamda g‘o‘zaning madaniy turlari yovvoyi ajdodlarining genetik imkoniyatlaridan foydalanish imkonini bergan;

Avstraliya va Hindi-Xitoy g‘o‘za turlarining filogenetik munosabatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar CAAS-013816717X raqamli «Qurg‘oq erlarda abiotik stress omillarga chidamli navlar yaratish» mavzusidagi loyihasida introgressiv duragay shakllarining abiotik stress omillariga chidamliligini baholashda foydalanilgan (Xitoy Qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasining 2017 yil 9 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar G.hirsutum ssp. euhirsutum Namangan-77 x (ssp. obtusifolium var. indicum x G.australe), G.hirsutum ssp. euhirsutum Kelajak x (ssp. nanking (oq tolali) x G.nelsonii) introgressiv duragay shakllarning morfobiologik va qimmatli xo‘jalik belgilarining irsiylanishi va stress sharoitlarda o‘zgaruvchanlik xarakterini aniqlash imkonini bergan.

Avstraliya va Hindi-Xitoy diploid g‘o‘za turlarining turlararo yangi filogenetik tizim hamda duragaylash asosida olingan poligenom shakllari respublikada yetakchi bo‘lgan «G‘o‘za genofondi» noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2017 yil 18 oktyabrdagi 4/1255-2196-son ma’lumotnomasi). Ushbu daragay namunalar g‘o‘za kolleksiyasi fondini boyitish, turli genomli (A, S, G) g‘o‘za turlarining filogenetik munosabatlari bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini yaratish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish