Ikramova Muqaddas Eralievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilari asosida burg‘ulash eritmalari uchun va mis-molibdenli ma’danlarni flotatsiya qilish uchun import o‘rnini bosuvchi ko‘p funksiyali kompozision kimyoviy reagentlarni ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc./T388.
Ilmiy maslahatchilar: Negmatov Sayibjon Sodikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Abed Nodira Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Xamidov Bosit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor; Muxtorov Nuriddin Shamshiddinovich, texnika fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilari asosida burg‘ulash eritmalari uchun va mis-molibdenli ma’danlarni flotatsiya qilish uchun import o‘rnini bosuvchi ko‘p funksiyali kompozision kimyoviy reagentlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilaridagi organomineral ingredientlar asosida ishlab chiqarilgan ko‘p funksionalli kompozision kimyoviy reagentlarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini ushbu ingredientlarning tabiati, turi va tarkibiga bog‘liq holda o‘zgarish qonuniyatlari belgilandi hamda mis-molibden ma’danlari flotatsiya jarayonining texnologik omillari va burg‘ulash eritmalarining texnologik xossalari asoslangan;
neft`-gaz konlarida anomal bosimi yuqori bo‘lgan quduqlarni burg‘ulashda foydalanish uchun mahalliy xom ashyo va turli sanoat tarmoqlarining texnogen chiqindilaridan KXR tipidagi ko‘p funksionalli kompozision kimyoviy reagentlar va ular asosida og‘irlashtirilgan burg‘ulash eritmalarining optimal tarkibi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan ko‘p funksionalli kompozision kimyoviy reagentlar asosida tayyorlanilgan og‘irlashtirilgan burg‘ulash eritmalarining fizik-kimyoviy va texnologik xossalari aniqlangan;
kompozision kimyoviy flotoreagentlar-ko‘pik hosil qiluvchilar va burg‘ulash eritmalari uchun ham kompozision kimyoviy reagentlar, mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilari asosida tanlab olingan organomineral ingredientlarning fizik-kimyoviy xossalari va o‘zaro ta’sir mexanizmlari asoslangan;
rangli va qimmatbaho metallar ma’danlarini flotatsiya jarayonida qo‘llash uchun mo‘ljallangan import o‘rnini bosuvchi kompozision kimyoviy flotoreagentlarni optimal tarkibi va ularni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan hamda flotatsiya jarayonining kinetikasi aniqlangan;
import qilinadigan flotoreagentlarni (T-92, T-94 va MIBK) almashtirish imkoniyati mumkin bo‘lgan, mavjudligi, arzonligi va samaradorligi bilan ajralib turadigan, mis-molibdenli ma’danlarni flotatsion boyitish va neft`-gaz quduqlarini burg‘ulash jarayonida ishlatiladigan og‘irlashtirilgan burg‘ulash eritmalarini olishda, ko‘p funksiyali kompozision kimyoviy flotoreagentlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilari asosida burg‘ulash eritmalari uchun va mis-molibdenli ma’danlarni flotatsiya qilish uchun import o‘rnini bosuvchi ko‘p funksiyali kompozision kimyoviy reagentlarni ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
ko‘p funksionalli kompozision kimyoviy reagentlar asosida ishlab chiqilgan KXF-VS tipidagi samarali kompozision kimyoviy flotoreagentlar «Olmaliq KMK» AJda joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2021 yil 18 noyabrdagi XA-009445-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’dan tarkibidagi mis metali miqdori 14,01% bo‘lganda, uni 77,57% gacha, misning miqdori 17,25% bo‘lgan ma’dandan standart flotoreagent T-92 bilan esa 75,70% gacha ajratib olish imkonini bergan;
KXF-VS tipidagi import o‘rnini bosuvchi kompozision kimyoviy flotoreagentlar «Olmaliq KMK» AJ da joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2021 yil 18 noyabrdagi XA-009445-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’dan tarkibidagi molibden metali miqdori 0,272% bo‘lganda, uni 52,41% gacha, molibdenning miqdori 0,267% bo‘lgan ma’dandan standart flotoreagent T-92 bilan esa 43,80% gacha ajratib olish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan import o‘rnini bosuvchi, qimmatbaho komponentlarni ajratib olish qobiliyati yuqori bo‘lgan, arzon kompozision kimyoviy flotoreagentlar «Olmaliq KMK» AJ da joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2021 yil 18 noyabrdagi XA-009445-son ma’lumotnomasi). Natijada, T-92 standart flotoreagentini almashtirish va («Olmaliq KMK» AJning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish