Amridinova Dilrabo Tursunovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jadidchilik ta’limotida komil inson konsepsiyasining falsafiy – ijtimoiy mohiyati”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fal30.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi Bir martalik Ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchi: Shodiev Rustam Toxirovich, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Ruzmatova Gulnoz Miraxrarovna, falsafa fanlari doktori, professor; Madaeva Shaxnoza Amanullaeva, falsafa fanlari doktori, professor; Saifnazarov Ismoil, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Turkiston jadidlarining ijtimoiy-falsafiy merosini falsafiy nuqtai-nazardan ochib berish va undagi komil inson konsepsiyasini asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jadidchilik ta’limotidagi ziyoli inson, milliy o‘zlikni anglash, hurriyat, ozodlik, Vatan taraqqiyoti singari g‘oyalarning hozirgi davr barkamol avlod faol ijtimoiy pozisiyasini shakllantirishda substansional negizga ega ekanligi falsafiy jihatdan asoslangan;
milliy mafkuramiz nazariy asoslarini boyitishda jadidchilikning “komil inson konsepsiyasi” hamda insonparvarlik g‘oyalaridan foydalanish zaruriyati vorisiylik tamoyili kontekstida isbotlangan;
jadidlarning terminologiya borasidagi sekulyaristik g‘oyalari til va tafakkur sohasini germenevtik rivojlantirish omillaridan biri ekanligi mantiqiy dalillangan;
jadidlarning ma’rifatparvarlikka asoslangan falsafiy-ilmiy g‘oyalari zamonaviy ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarining asosi ekanligi qiyosiy tahlil, deduksiya, induksiya metodlari orqali falsafiy jihatdan asoslangan;
jadidlarning milliy ta’lim tizimini modernizatsiyalashtirishga qaratilgan, “dunyoviy tafakkur”, “ milliy axloq”, “insonparvarlik” kabi o‘z davrining innovatsion g‘oyalari zamonaviy komil inson axloqiy tarbiyasi konsepsiyasining nazariy asosi ekanligi falsafiy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jadidlarning ijtimoiy-falsafiy ta’limotida komil inson konsepsiyasini ijtimoiy-falsafiy tadqiq etish asosida:
jadidchilik ta’limotidagi milliy o‘zlikni anglash, ozodlik, vatanparvarlik g‘oyalarning hozirgi davrda komil insonni tarbiyalash va innovatsion shaxsni shakllantirishdagi konseptual jihatlari, barkamol avlodning falsafiy-ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish va ularda faol ijtimoiy pozisiyani shakllantirishga oid taklif va tavsiyalaridan “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” darsligining “Milliy g‘oyaning shakllanish tarixi, uning namoyon bo‘lish xususiyatlari” deb nomlanuvchi 2-bobining “Ma’rifatparvarlik g‘oyalari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari” nomli mavzusini va “Komil inson, barkamol avlod tushunchalari, ularning mazmun-mohiyati” deb nomlanuvchi 18-bobining “Komil inson, barkamol avlod tushunchalari, ularning mazmun-mohiyati” hamda “Komil insonning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, shart-sharoitlar” nomli mavzularini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 10 martdagi 89-03-1042-son ma’lumotnomasi). Natijada, jaddidchilik faoliyatini yoritish orqali komil inson idealini ko‘rsatib berish va yoshlarda ma’rifatparvarlik g‘oyalarini rivojlantirishga erishilgan;
jadidlarning tilshunoslikka oid qarashlari, ularning o‘zbek tilini sof holda saqlash, terminlarni o‘zbekchalashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan 2017-2018 yillarda bajarilgan OT-A1-018 raqamli “O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida tayyorlangan “Inglizcha va ruscha ijtimoiy-siyosiy terminlarning o‘zbekcha elektron lug‘ati” nomli lug‘atni tuzishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 martdagi 89-03-1148-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy loyihani eksponatini boyitishga xizmat qilgan;
jadidlar ta’limotida aks etgan ma’rifatparvarlik g‘oyalari bugungi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotning asosi ekanligiga doir nazariy xulosalari va amaliy takliflaridan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2019 yil 1 noyabrdagi VI S’ezdida tasdiqlangan O‘zMTDP Samarqand viloyati Kengashining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan Hududiy Dasturining ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zMTDP Samarqand viloyati Kengashining 2019 yil 17 martdagi 22-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiyaning targ‘ibot tadbirlarining saviyasini yanada boyitishga, yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, uzluksiz milliy tarbiya tizimini takomillashtirish, yuksak ma’naviyatli vatanparvar avlodni tarbiyalashga xizmat qilgan;
jadidlarning ilmiy merosidagi milliy ta’lim tizimini modernizatsiyalashtirishga qaratilgan innovatsion g‘oyalarning bugungi kundagi zaruriyatiga doir metodologik tavsiyalari va amaliy takliflaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Samarqand” telekanalida efirga uzatilgan “Bekat” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 23 apreldagi 09-01/158-son ma’lumotnomasi). Natijada, farzand tarbiyasi va inson kamolotida buyuk allomalar ma’naviy merosining konstruktiv ahamiyatini keng jamoatchilikka etkazishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish