Masharipova Yulduz Kadambaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri ( ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali pankreatit reabilitatsiyasini optimallashtirish va immunokorreksiyaga yondashuv” 14.00.05 - Ichki kasalliklar va 14.00.36 - Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib711.
Ilmiy rahbarlar: Abdullaev Ravshanbek Babajonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Shamsutdinova Maksuda Ilyasovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, PhD.04/30.09.2020.Tib.123.01.
Rasmiy opponentlar: Kamalov Zaynitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Jabbarov Ozimbay Otaxanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi surunkali pankreatitning klinik immunologik aspektlarini o‘rganish, bemorlarni reabilitatsiyasini optimallashtirishda immunokorreksiyaga yondashuvni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor surunkali pankreatitning reabilitatsiya davrida kasallikning kuchayishi xavf omillarini keltirib chiqaruvchi immunologik mexanizmlar disfunksiyasi asoslangan;
pankreatitning reabilitatsiya davrida yallig‘lanish oldi va fibroz chaqiruvchi sitokinlarning IL-2, IL-6, TGF-β1 zardobdagi miqdori va noinvaziv tripsinogen-2 va fekal elastaza-1 bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
reabilitatsiya davrida pankreatitning og‘irlik darajasini differensial diagnostikasida sitokin profil ko‘rsatkichlarining yallig‘lanish oldi IL-2, IL-6 sitokinlari, TGF-β1 fibroz markeri pankreatitning klinik kechishini bashorat qilish mezoni sifatida asosiy biomarkerlar ekanligi isbotlangan;
surunkali pankreatit bemorlari immun tizimida T- va V- hujayrali immunitetning pasayishi aniqlangan;
surunkali pankreatitni davolash va reabilitatsiya tadbirlari majmuasida kasallikni og‘ir shakllarini davolashni maqbul immunomodulyator terapiyaga yondashuv bilan davolash protokollari muximligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pankreatit bilan kasallangan bemorlarga ishlab chiqish va ilmiy asoslashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pankreatit bilan kasallangan bemorlarni olib borish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "Surunkali pankreatitli bemorlarni reabilitatsiyasini davolash profilaktik algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 5 apreldagi 8n-r/279-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma sog‘liqni saqlash tizimi faoyaliyati sifatini yaxshilash, pankreatitli bemorlarni rnabilitatsiya olib borish taktikasini optimallashtirish va maxsus asoratlar sonini kamaytirish imkonini bergan;
pankreatit bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini optimallashtirishni ishlab chiqishga oid ilmiy tadqiqotlar natijalar bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Xorazm viloyat nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi, Xorazm viloyati shahar tibbiyot birlashmasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 apreldagi 8n-d/150-son va 2021 yil 6 oktyabrdagi 0809/13569-son ma’lumotnomalar). Pankreatitli bemorlarda kasallik turlarini erta tashxislash va asoratlar rivojlanishining oldini olish, shuningdek, pankreatitni reabilitatsiya davrida davolash bayonnomasini ishlab chiqish, bemorni kasalxonada bo‘ladigan vaqtini va o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish imkonini bergan.