Alimov Orif Nematovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxta tozalash korxonalaridan ajralib chiqayotgan changlarni intensiv usulda tozalash texnologiyasi” 05.06.02- To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga  dastlabki ishlov berish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2019.4.PhD/T1458. 
Ilmiy rahbar: Xodjiev Muksin Tadjievich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Jumaniyozov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Sarimsoqov Akramjon Usmonovich PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxta tozalash korxonalarida paxtani dastlabki ishlash jarayonidan chiqayotgan tolali materiallarni ushlab qolish va chang havoni samarali tozalash, havo tarkibidan tolali materiallarni ajratib olishning intensiv usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
paxta tozalash korxonalarida atmosferani zararlanishini kamaytiradigan hamda ishlatishga yaroqli tolalarni ushlab qoladigan ikki quvurli intensiv usulda chang tozalovchi va ishlatishga yaroqli tolalarni ushlab qoluvchi yangi qurilma yaratilgan;  
uskuna kamerasida chang havo tarkibidagi tolali materiallarni ushlab qolish uchun havo oqimini qarama-qarshi to‘qnashtirish hisobiga harakatlanib tozalovchi samarali teleskopik quvurlar yaratilgan;
ikki qarama qarshi quvurlardan kelayotgan havo va tolali materiallarning o‘zaro harakatlanishi, oqim tezliklari, pastki va yuqori kanallar bo‘yicha oqimlarning sarfiga bog‘liq qonuniyatlar yaratilgan hamda ushbu qonuniyatlardan foydalanib optimal parametrlar aniqlangan.  
paxta tozalash korxonalariga yangi tavsiya etilayotgan changli havoni intensiv usulda tozalovchi quvurlarning boshlanishidagi kengligi, qarama-qarshi quvurlardagi havo oqimlarning to‘qnashishidan hosil bo‘ladigan yoysimon shaklning egrilik radiusini hisoblash uchun havo oqimi va quvur qiyaliklarni inobatga olgan holda matematik model olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta tozalash korxonasidan chiqayotgan changli chiqindilarni tozalash va tolali materiallarni yo‘qolishini oldini oladigan texnika va texnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tolali materiallarni yo‘qolishini oldini oladigan va atmosferaga chiqayotgan chang konsentratsiyasini kamaytirish qurilmasiga Intellektual mulk agentligining foydali model patenti olingan (“Havoni paxta changlaridan tozalash uskunasi”, №FAP 01352 – 2018 y.). Natijada tolali chiqindilarni ushlab qolish orqali havoni samarali tozalash imkoni yaratilgan;
tolali materiallarni yo‘qolishini oldini oladigan va atmofseraga chiqayotgan chang konsentratsiyasini kamaytirish qurilmasi Jizzax valoyati Zarbdor tumanida “Zarbdor paxta tozalash” AJ korxonasida joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJ 01.04.2021 №03-18/716-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada tolali materiallarni va atmosferani zararlanishini oldini olishga erishilib, chiqib ketayotgan havo tarkibidan tolali materiallarni 90-95% gacha tozalanishiga va atmosferaga chiqayotgan chang konsentratsiyasi 25-30 mg/m3 ga kamaytirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish