Atoeva Ruxsora Odilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli ko‘chat qalinligi, me’yor va muddatlarda “Zeroks” immunostimulyatorini g‘o‘zada qo‘llashning mahsuldorlikka ta’siri”, 06.01.08 - O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Qx752.
Ilmiy rahbar: Ikromova Mahbuba Latipovna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi, etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Buxoro ilmiy tajriba stansiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Teshaev Fatullo Jo‘raqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Boboev Saidmurod Kimsanboevich qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoro viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlari sharoitida Buxoro-10 g‘o‘za navini etishtirishda maqbul ko‘chat kalinligining me’yor va muddatlarini belgilangan holda o‘simliklarning o‘sish, rivojlanishiga hamda samaradorligiga «Zeroks» immunostimulyatorining ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Buxoro viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi – allyuvial tuproqlari sharoitida turli ko‘chat qalinligida parvarishlangan Buxoro-10 g‘o‘za navining morfofiziologik xususiyatlariga «Zeroks» ning maqbul qo‘llash me’yor va muddatlari ishlab chiqilgan;
«Zeroks»ni immunostimulyatori qo‘llanilganda fermentlar faolligi va oqsillar biosintezining ortishi sababli chigitning unib chiqishi tezlashib, ildiz tizimininig shakllanishi va rivojlanishi yaxshilanishi, ildizi kuchli rivojlanishi aniqlangan;
turli ko‘chat qalinligida pavarishlangan Buxoro-10 g‘o‘za navida «Zeroks» immunostimulyatori qo‘llanilganda, ildiz chirish, fuzarioz va vertisellezli vilt kasalliklariga nisbatan bardoshliligi (mos ravishda: BS - 80,2 - 88,9%) oshishi aniqlangan;
turli ko‘chat qalinligida pavarishlangan Buxoro-10 g‘o‘za navida «Zeroks» immunostimulyatorini qo‘llashning hujayra shirasi konsentratsiyasi, osmotik bosim (8% va 1,3 atm ga kamayganligi) va barg yuzasining solishtirma zichligining o‘zgarishiga ta’siri asoslangan;
turli ko‘chat qalinligida parvarishlangan Buxoro-10 g‘o‘za navida «Zeroks» ni maqbul me’yor, muddatlarini qo‘llash texnologiyalari orqali, o‘sish va rivojlanish, barg sathi, biomassa, sof fotosintez mahsuldorligi hosil elementlarining to‘planishi, hosildorlik va uning sifat ko‘rsatkichlari hamda iqtisodiy samaradorlikning ortishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro-10 g‘o‘za navining maqbul ko‘chat qalinligida «Zeroks»ni mo‘’tadil me’yor, muddatlarda qo‘llashning mahsuldorlikka ta’sirini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
turli ko‘chat qalinligida parvarishlangan Buxoro-10 g‘o‘za naviga har xil me’yor va muddatlarda «Zeroks» immunostimulyatorini qo‘llashning mahsuldorlikka ta’siri bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida fermer va klaster xo‘jaliklari uchun “Respublika klasterlari va fermer xo‘jaliklarida Buxoro-10 g‘o‘za navida “Zeroks” immunostimulyatorni qo‘llash bo‘yicha tavsiyanoma” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 2-noyabr` 02-025-3580-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma Buxoro viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan erlarida Buxoro-10 g‘o‘za navining maqbul ko‘chat qalinligida «Zeroks»ni mo‘’tadil me’yor, muddatlarda qo‘llash bo‘yicha qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari xodimlariga amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
Buxoro-10 g‘o‘za navida 80-90 ming tup/ga ko‘chat qalinligida «Zeroks» ning 2 l/t; 2 l/ga + PAV 0,15 l/ga me’yori, muddatlarini qo‘llash orqali uning bakteriya va fungisidlarga nisbatan immunitet hosil qilishi borasida PSUEAITI Buxoro ITSning jami 10 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 2-noyabr` 02-025-3580-son ma’lumotnomasi). Natijada, ildiz chirish, fuzariozli va vertisellyozli vilt kasalligi bo‘yicha biologik samaradorlik 66,7-88,9 % ni tashkil qilgan;
Buxoro-10 g‘o‘za navida 80-90 ming tup/ga ko‘chat qalinligida «Zeroks»ni 2 l/t; 2 l/ga + PAV 0,15 l/ga me’yorlarini qo‘llash orqali hosil va uning sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri borasida Buxoro tuman «Azimov Ro‘zi Umurovich» fermer xo‘jaligida 2,5 ga; Vobkent tuman «Qahramon Tolib» fermer xo‘jaligida 15 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 2-noyabr` 02-025-3580-son ma’lumotnomasi). Natijada, dala unuvchanligi 3 kunga tezlashib, urug‘ unuvchanligi 19,3% ga ortgan, bir tup g‘o‘zadagi ko‘saklar soni sinov maydonida o‘rtacha 15,0 ta, nazorat maydonida 10,0 donani tashkil etib, ko‘saklarning ochilish sur’ati 20,3% ga tezlashgan va o‘rtacha 5-6 s/ga qo‘shimcha hosil olingan.