Baxramova Nilufar Nazarovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘za-g‘alla navbatlab ekish tizimida yumshoq bug‘doyning don hosili va sifatini oshirish”, 06.01.08 - O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Qx289.
Ilmiy rahbar: Rahmatov Imom Mamadiyorivich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Ataboeva Xalima Nazarovna qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, Bozorov Xolmurod Maxmudovich qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘za–g‘alla navbatlab ekish tizimida kuzgi bug‘doydan keyin takroriy va oraliq ekinlarni etishtirish, tuproq unumdorligini saqlash, g‘o‘za va kuzgi yumshoq bug‘doydan yuqori hamda sifatli hosil etishtirishning ilmiy amaliy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘za–g‘alla navbatlab ekish tizimida, takroriy va oraliq ekin turlarini o‘rganish asosida tuproqlar unumdorligini saqlash va oshirish bilan kuzgi yumshoq bug‘doyning G‘ozg‘on, g‘o‘zaning Buxoro-8 navidan yuqori va sifatli hosil olishni ilmiy-amaliy asoslari ishlab chiqilgan; 
g‘o‘za–g‘alla navbatlab ekish tizimida kuzgi bug‘doydan so‘ng takroriy ekinlarning 2,85-5,78 t/gacha, oraliq ekinlarning 2,99-4,81 t/gacha ang‘iz va ildiz qoldiqlarini hamda oraliq ekinlarning 327,8-492,2 sentnergacha ko‘k massasini organik o‘g‘it sifatida erga shudgor qilinishi tuproqning agrofizik va agrokimyoviy xususiyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ilmiy jihatdan isbotlangan;
navbatlab ekish tizimida kuzgi bug‘doydan keyin takroriy ekin sifatida mosh va oraliq ekinlarni siderat sifatida erga shudgor ostiga haydab yuborilishi g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi va hosil elementlarning shakllanishiga ijobiy ta’sir etib, g‘o‘zadan 40,7-43,4 s/ga paxta hosili olingan hamda tola sifatining yaxshilanishi aniqlangan;
kuzgi bug‘doydan keyin ekilgan takroriy ekin mosh, oraliq ekin perko va javdarning so‘ngi ta’sirida kuzgi bug‘doy rivojlanishi tezlashib, barg sathi, quruq massasi, mahsuldorligi ortishi evaziga kuzgi bug‘doydan 58,1-60,5 sentner don hosili olingan hamda don tarkibidagi oqsil miqdori 14,6-15,5%, kleykovina miqdori 28,2-29,1% ni tashkil etib, don sifati yaxshilanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Navbatlab ekish tizimida g‘o‘za va kuzgi bug‘doy hosildorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida;
Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida olib borilgan tadqiqot natijalar asosida fermer xo‘jaliklariga qo‘llanma sifatida «G‘o‘za-g‘alla navbatlab ekish tizimida takroriy va oraliq ekinlarni kiritish orqali kuzgi bug‘doy va g‘o‘za hosildorligini oshirish bo‘yicha tavsiyanoma» tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 29 iyun` 2021 y., 02/021-2727-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma Qashqadaryo viloyatining qishloq xo‘jaligi boshqarmasi mutaxassislari hamda fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
g‘o‘za-g‘alla navbatlab ekish tizimida kuzgi bug‘doydan so‘ng takroriy ekin sifatida mosh etishtirib keyin oraliq (perko, javdar) ekinlarini g‘o‘za va kuzgi bug‘doyning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri agrotadbirlari Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida jami 320 gektar hamda Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo filialining Qarshi agrouchastkasida 20 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 29 iyun` 2021 y., 02/021-2727-son ma’lumotnomasi). Natijada navbatlab ekishning 1:1 tizimida kuzgi bug‘doy, takroriy ekin mosh, oraliq ekinlardan (perko, javdar) keyin g‘o‘za parvarish qilinganda ishlab chiqarish sharoitiga nisbatan 1,8-5,0 s/ga qo‘shimcha paxta hosili etishtirilib, gektaridan 2240,1-3915,4 ming so‘mgacha sof daromad olinib, rentabellik darajasini o‘sishiga erishilgan;
kuzgi bug‘doydan keyin ekilgan takroriy ekin mosh va oraliq ekinlarning so‘ngi ta’siri Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida 129 gektar, Nishon tumanida 90 gektar va Kasbi tumanida 101 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 29 iyun` 2021 y., 02/021-2727-son ma’lumotnomasi). Natijada kuzgi bug‘doydan ishlab chiqarish sharoitiga nisbatan 6,1-9,6 s/ga.ga qo‘shimcha don hosili etishtirilib, gektaridan 1792,2-2848,8 ming so‘mgacha sof daromad olinib, rentabellik darajasi 28,8-45,4 foizni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish