Jumaeva Dilnoza Jo‘raevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy ko‘mirlar asosida sanoat oqava suvlarini tozalash va texnogen eritmalarni qayta ishlash uchun adsorbentlar olish va ularni qo‘llash texnologiyasi», 02.00.11–Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/T11.
Ilmiy maslahatchi: Agzamxodjaev Anvarxodja Ataxodjaevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraximov Saidakbar Abdurahmonovich, texnika fanlari doktori, professor; Yunusov Mirahmat Pulatovich, texnika fanlari doktori, professor; Narmetova Gulnora Rozikulovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy qo‘ng‘ir va toshko‘mirlar asosida import o‘rnini bosuvchi adsorbentlar yaratish texnologiyasini ishlab chiqish hamda ularni sanoat oqava suvlarini tozalashda va texnogen eritmalarini qayta ishlashda qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oleumning H2SO4(SO3) 19-20% konsentratsiyasi o‘rniga H2SO4(SO3) 10-12% konsentratsiyasi qo‘llanilib, Boysun toshko‘mirini kislotali faollab olingan adsorbent sanoatda qo‘llanilayotgan import faol adsorbentga nisbatan Cu2+ va Ag+ ionlarini adsorbsiyasi bo‘yicha 1,3-1,5 marta yuqori adsorbsion xususiyatga ega sul`foko‘mir adsorbentlarini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
kam kul miqdoriga ega Angren ko‘miridan piroliz usulida (500-550°Sda, 1-1,5 soat davomida, havosiz muhitda) olingan tanlab yutuvchi termik faollangan adsorbentdan foydalanib, oqava suvlarini neft` mahsulotlaridan tozalashning yuqori samarali usuli yaratilgan;
termik faol uglerodli adsorbentni pargaz usuli bilan 800°S da 1 soat davomida faollantirib, sanoat oqava suvlarini organik moddalardan (polifenollar, xlorli birikmalar va sh.k.) tozalashning sharoitlari asoslangan;
SaSO3 bilan modifikatsiyalash orqali olingan ko‘mir adsorbenti yordamida sanoat oqava suvlarini yumshatish usuli ishlab chiqilgan.
sanoat oqava suvlarini ko‘p pog‘onali kompleks tozalash texnologiyasi va ishlatilgan adsorbentni respublika xalq xo‘jaligining turli sohalarida qayta qo‘llashning usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy xom-ashyolar asosida ko‘mir adsorbentlarini ishlab chiqish texnologiyasi va ular yordamida sanoat oqava suvlarini tozalash va yumshatish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistonning qo‘ng‘ir va toshko‘mirlari asosida ko‘mir (uglerodli) adsorbentlari olishning texnologik shartlari «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts 17088447-02:2017). Mazkur texnik shart mahsulotning sifati va texnologik jarayonni nazorat qilishga imkon beradi;
sanoat oqava suvlarini neft` mahsulotlaridan tozalash uchun mahalliy xomashyo asosida uglerodli adsorbentlar olish bo‘yicha X-Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJ bilan xo‘jalik shartnomasi tuzilgan (2017 yil 26 mayda №1771-01/02/03/2017 raqam bilan ro‘yxatga olingan). Natijada kombinat oqava suvlarini neft` mahsulotlaridan tozalash uchun chetdan olib kelinayotgan adsorbent mahalliy ko‘mir adsorbentiga almashtirilganda adsorbent tannarxini 5-6 baravar kamaytirish imkonini bergan;
mahalliy xomashyo asosida olingan (TBKU va KBKU) adsorbentlar sanoat oqava suvlarini neft` mahsulotlaridan tozalashda «Gazlineftgazqazibchiqarish» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AKning 2017 yil 11 oktyabrdagi 12-2-148-son ma’lumotnomasi). Natijada tarkibida neft` mahsulotlari va erigan noorganik moddalar bo‘lgan sanoat oqava suvlarini mahalliy adsorbentlar yordamida tozalanganda talab me’yorigacha tozalash va texnik suv sifatida qayta texnologik siklga qaytarish imkonini beradi.