Yuldashev Farruxbek Ergashboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Makkajo‘xorini zararkunandalardan himoya qilishning istiqbolli usullarini yaratish», 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Qx60.
Ilmiy rahbar: Xo‘jaev Shomil Tursunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc. 27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudxodjaev Najmiddin Mavlyanxodjaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Alimuxammedov Said Sultonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: makkajo‘xorining zararkunanda turlarini aniqlash, biologik xususiyatlari hamda zararini inobatga olgan holda, qarshi kurashish uchun yangi ekish texnologiyasi asosida zararkunanda hasharotlarga qarshi samarali va innovatsion vositalarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor makkajo‘xori zararkunandalariga qarshi erdan turib himoya ishlovini o‘tkazish uchun yangi o‘simliklarni ekib o‘stirish texnologiyasi yaratilgan;
makkajo‘xorining zararkunanda turlari orasida eng ko‘p uchraydigan dominant turlari aniqlangan;
makkajo‘xori poya parvonasi hamda g‘o‘za tunlamining rivojlanish xususiyatlari, zarari hamda iqtisodiy zararli miqdor mezoni aniqlangan;
makkajo‘xori agrobiotsenozida mavjud entomofag turlari aniqlanib, ularning samarasi baholangan, sun’iy biologik usulning har bir tur darajasida samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Makkajo‘xorining zararkunandalardan himoya qilishning istiqbolli usullarini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
makkajo‘xorini g‘o‘za tunlami, barg tunlami hamda poya parvonasidan himoya qilish uchun quyidagi insektisidlar: Desis, Nurell-D, Lanneyt, Karagen, Ximfoks-D, Murell, K-nayk, Imitrin, Vaulent va Ximfoks “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida ishlatish uchun ruxsat etilgan pestisidlar va agroximikatlar ro‘yxati” (2016 yil)ga kiritilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari Davlat kimyo komissiyasining 2017 yil 19 sentyabrdagi 2-6/1-159-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida ushbu preparatlarning makkajo‘xori zararkunandalariga qarshi qo‘llash samaradorligini 85-90 foizga oshirish imkonini berdi;
makkajo‘xori o‘simligini faol himoya ishlovlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan o‘simliklarni ekib-o‘stirish texnologiyasi Andijon va Farg‘ona viloyatlarida 2016 yilda 4 ming gektardan oshiq maydonda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 19 yanvardagi 02/20-22-son ma’lumotnomasi). Bunda himoyalangan makkajo‘xoridan 45 sentner qo‘shimcha don hosil olinib, iqtisodiy samaradorlik o‘rtacha gektariga 13399 ming so‘mni tashkil etgan.