Ergasheva Nigora Nasriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tug‘ma ichak tutilishi bilan tug‘ilgan chaqaloqlar moslashuvining xususiyatlari va uning buzilishlarini korreksiyalash», 14.00.09-Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib898.
Ilmiy rahbarlar: Axmedova Dilorom Ilxamovna, tibbiyot fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Alisher Mirxamidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xasanova Saida Sabirovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tug‘ma ichak tutilishi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda moslashuv xususiyatlarini aniqlash va aniqlangan buzilishlarini korreksiyalash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tug‘ma ichak tutilishi bilan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning moslashuvining buzilishiga antenatal va intranatal omillar, jumladan onaning qo‘shma somatik va yuqumli patologiyasi, homiladorlik va tug‘ish davridagi gipertenziv buzilishlar, muddatidan oldingi tug‘ruqning ta’siri isbotlangan;
yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ma ichak tutilishining klinik shakllariga qarab neonatal davr va moslashishning kechish xususiyatlari ochib berilgan, ular tana vaznining yaqqol yo‘qolishi (yuqori tug‘ma ichak tutilishida yanada ahamiyatli), ichak disbiozi, gipoksik-ishemik ensefalopatiya bilan namoyon bo‘lganligi isbotlangan;
yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ma ichak tutilishini og‘irlashtiruvchi omillar yondosh patologiyalarning turli xususiyatlarining foizi yuqori ekanligi, shuningdek rivojlanishning tug‘ma nuqsonlari va nekrotik enterokolit isbotlangan;
ilk bor tug‘ma ichak tutilishining turli shakllarida ichak mikroflorasining miqdoriy va o‘ziga xos xususiyatlarining buzilishi aniqlandi: eng yaqqol buzilishlar quyi tug‘ma ichak tutilishi va ichak mal`rotatsiyasida isbotlangan;
yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ma ichak tutilishi endogen intoksikatsiya fonida, ya’ni endogen intoksikatsiyaning almashinuv va rezorbsion komponentlarining yuqori darajada kechishi isbotlangan;
tug‘ma ichak tutilishili yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tranzitor holat (fiziologik vazn yo‘qotish, ichak disbiozi) va endogen intoksikatsiya orasidagi korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan;
tug‘ma ichak tutilishining turli shakllarida chaqaloqlarda ichak disbiozini probiotiklar qo‘llash bilan ishlab chiqilgan differensirlangan korreksiya qilish sxemalarining samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ma ichak tutilishini diagnostika va davolashni takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
tug‘ma ichak tutilishi bilan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda moslashmaslik bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Tug‘ma ichak tutilishi bilan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda moslashmaslik holatlarni baholash”, (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 20 avgustdagi 8n-r/742-son ma’lumotnomasi) nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. Ushbu uslubiy tavsiyanoma chaqaloqlarda moslashuv buzilishlarini erta aniqlashni yaxshilash imkonini berdi, bu o‘z vaqtida korreksiya qilish va operatsiyadan keyingi asoratlarni chastotasini kamaytirish imkonini bergan.
yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ma ichak tutilishi diagnostikasi va uning og‘irlashtiruvchi omillar bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ma ichak tutilishi diagnostikasi va uning og‘irlashtiruvchi omillarini aniqlash” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 20 avgustdagi 8n-r/743-son ma’lumotnomasi) tasdiqlandi. Ushbu uslubiy tavsiyanoma chaqaloqlarda tug‘ma ichak tutilishini erta diagnostikasini yaxshilash va uni og‘irlashtiruvchi omillarni aniqlash imkonini berdi.
Tug‘ma ichak tutilishining diagnostikasi va ularning og‘irlashtiruvchi omillari, shuningdek tug‘ma ichak tutilishi bilan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kasallik holatini baholashga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Qashqadaryo va Navoiy viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari xamda Toshkent sh. 1-sonli shahar bolalar klinik shifoxonasining amaliy faoliyatiga kiritildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2021 yil 29-oktyabrdagi 0807/16066-son ma’lumotnomasi). Tug‘ma ichak tutilishi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda moslashuvi buzilishlarini diagnostika qilish va baholashning tavsiya etilgan kompleksidan foydalanish ichak tutilishining erta va kechki asoratlari rivojlanishi va o‘limni kamaytirish imkonini bergan.