Ro‘ziev Shaxobbiddin Subxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Insultdan keyingi sindromlarning miya funksional assimetriyasi aspektida erkak va ayollarda klinik-nevrologik va gemodinamik buzilishlarni xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib.2115.
Ilmiy rahbar: O‘rinov Muso Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02
Rasmiy opponentlar: Nurgujaev Erkin Smagulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi); Haydarova Dildora Qodirovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: insultdan keyingi sindromlarning miya funksional assimetriyasi aspektida erkak va ayollarda klinik-nevrologik va gemodinamik buzilishlarining erta reabilitatsiya chora-tadbirlarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor erkak va ayollarda insultdan keyingi nevrologik sindromlarning miya yarim sharlariga bog‘liq holda klinik kechishi, dinamikasi, harakat va sezgi o‘zgarishlari, neyropsixologik sindromlari (afaziya, aprokto-agnostik sindrom), bosh miya po‘stlog‘i bioelektrik aktivlik dinamikasi asoslangan;
jinsga va yoshga bog‘liq holda miya funksional assimetriyasi aspektida klinik-nevrologik va gemodinamik buzilishlarining kelib chiqishi asoslangan;
ilk bor insult bilan kasallangan erkak va ayollarda miya yarim sharlariga bog‘liq holda ekspressiv nutq erta reablitatsiya davrida yuqori samaradorligi isbotlangan;
insultdan keyingi tiklanish davrida erkak va ayollarda zararlanish o‘chog‘iga bog‘liq holda, differensiyalashgan reabilitatsiya choralari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Insultdan keyingi sindromlarning miya funksional assimetriyasi aspektida erkak va ayollarda klinik nevrologik va gemodinamik buzilishlarni xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishemik insult bilan kasallangan bemorlarda nutq buzilishi va agnoziyani aniqlash orqali olingan ilmiy natijalar asosida “Ishemik insult bilan og‘rigan bemorlarda afaziya va agnoziyani aniqlashning optimallashtirish metodologik usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 14 oktyabrdan 8n-r/929-son ma’lumotnomasi). Bu o‘z navbatida miyada qon aylanishi o‘tkir buzilishini klinik belgilaridan tashqari, ishemik insult bilan og‘rigan bemorlarda afaziya va agnoziyani aniqlashning optimallashtirish metodologik usullaridan foydalanish imkonini bergan;
ishemik insult o‘tkazgan bemorlarda erta reabilitatsiyani erkak va ayollarda qiyosiy o‘tkazish orqali olingan ilmiy ma’lumotlar asosida “Ishemik insulti bilan og‘rigan bemorlarda qiyosiy reabilitatsiyani optimallashtirish usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 14 oktyabrdan 8n-r/930-son ma’lumotnomasi). Ishemik insulti bilan og‘rigan bemorlarda qiyosiy reabilitatsiyani optimallashtirish usullaridan foydalanish imkonini bergan;
ilmiy ishning natijalari Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli markazining nevrologiya, RShTYoIM Buxoro filiali nevrologiya bo‘limi, Romitan, Vobkent, Jondor, Kogon tumanlarining tibbiyot birlashmalari tarkibidagi nevrologiya bo‘limlari amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2021-yil 26-oktyabrda 8n-z/382-son -son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi ishemik insult bilan kasallanishni oldindan aniqlash, kasallik asoratlarini va nogironlikni kamaytirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.