Sanaev Sobir Toyirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kartoshkani tuganaksiz o‘simtalardan o‘stirishga mos navlarini tanlash va texnologiyasini ishlab chiqish», 06.01.06–Sabzavotchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Qx32.
Ilmiy maslahatchi: Toshtemir Eshimovich Ostonaqulov, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, 27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Dusmuratova Saodat Ismoilovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Abduraximov Mingjigit Kattabekovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Nizomov Rustam Axrolovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kartoshka navlarini tuganak va o‘simtalardan o‘stirib, yuqori, sifatli hamda arzon hosil olishni ta’minlovchi texnologiyasini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyati eskidan sug‘oriladigan o‘tloq, och tusli va o‘tloq bo‘z tuproqlari sharoitida kartoshka tezpishar, o‘rta tezpishar va o‘rtapishar navlar to‘plami tuganak o‘simtalaridan o‘stirilib qiyosiy baholangan;
muayyan sharoitda o‘simtalardan ertagi ekin sifatida o‘stirishga mos istiqbolli navlar ajratilgan;
ajratilgan kartoshka navlari o‘simtalari turli tup qalinliklari va o‘g‘it me’yorlarida, o‘simtasiz tuganaklar makroo‘g‘it va o‘stiruvchi stimulyatorlar eritmasida ishlanib yoki ishlanmasdan ekilganda o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi, hosil shakllanishi, miqdori va sifatiga ta’siri o‘rganilib, o‘simtalar va tuganaklardan kartoshka o‘stirish texnologiyasi ilmiy asoslangan;
fermer xo‘jaliklari sharoitida kartoshka navlarini tuganak va o‘simtalaridan tez ko‘paytirish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kartoshka navlarini tuganak va tuganaksiz o‘simtalardan o‘stirish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
«Kartoshkani tuganaksiz ko‘paytirish usuli» bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan. Buning natijasida kartoshka navlarini o‘simtalaridan o‘stirilganda gektaridan 22,1–32,9 tonna tovar hosildorlikka erishilgan;
kartoshka navlarini tuganak va tuganaksiz o‘simtalaridan jadal ko‘paytirish texnologiyasi yaratilgan hamda Samarqand viloyatining Pastdarg‘om, Ishtixon, Tayloq va Oqdaryo tumanlari fermer xo‘jaliklarida jami 316 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 27 iyundagi 02/09-405-son ma’lumotnomasi). Bunda har gektaridan 21,2–32,2 tonna kartoshka hosili olinib, 4,1–12,6 mln. so‘mgacha sof daromad va 24,8–66,4 foiz rentabellikka erishilgan.