Aliboev Muslimjon Rustamjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diffuz-toksik bo‘qoq bilan kasallangan bemorlarni xirurgik davolashning klinik-funksional xususiyatlari va differensiallashgan taktikasi», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1749.
Ilmiy rahbar: Nishanov Murodjon Foziljonovich tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, PhD.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Dilshodbek Mamadalievich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga muvofiq.
II. Tadqiqotning maqsadi: tashrixlarning taktik va texnik jihatlarini hamda tashrixdan keyingi reabilitatsiyaning kompleks dasturini takomillashtirish orqali diffuz toksik bo‘qoqni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asallikning kechish davomiyligi, immunologik profil, tashrix turi va qalqonsimon bez qoldiq hajmiga bog‘liq xolda diffuz toksik bo‘qoqni jarrohlik yo‘li bilan davolash asoratlari rivojlanishi xavfining klinik, taktik va texnik jihatlariga aniqlik kiritilgan;
uch yildan ortiq anamnez, tireotrop gormon reseptorlariga antitanachalarning boshlang‘ich titrining yuqori bo‘lishi, oftal`mopatiya mavjudligi va qalqonsimon bez qoldiq xajmining 6 ml dan ortiq bo‘lishi rezeksion aralashuvlardan keyin diffuz toksik bo‘qoqning qaytalanishi rivojlanishining asosiy prediktor xavf omillari ekanligi isbotlangan;
atrof to‘qimalar shikastlanish ehtimolini minimallashtirish bilan birga a’zoning adekvat vizualizatsiyasini ta’minlovchi, shuningdek bo‘yin mushaklari funksional faolligini saqlab qoluvchi qalqonsimon bezga jarroxlik kirish usuli takomillashtirilgan;
diffuz toksik bo‘qoqni jarrohlik usulida davolashda platizma, bo‘yin teri osti venalari, shuningdek pretireoid muskullarni bo‘ylamasiga chetga surish (kesmasdan) qon ketishi va limfa aylanishining buzilishi xavfini kamaytirishi xisobiga, atrof to‘qimalarda mahalliy shish xamda infil`tratsiya shakllanishini oldini olishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
DTBning xirurgik davolash taktik va texnik jihatlarini maqbullashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Diffuz toksik bo‘qoqning jarroxlik usulida davolashning taktik va texnik jihatlarini optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 sentyabrdagi 8n/r/800-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar DTBni operativ davolash usulini tanlashning taktik jihatlarini optimallashtirishga, bemorlarning tashrixdan keyingi reabilitatsiya dasturiga rioya qilishini oshirishga, tashrixlarning texnik jihatlariga bog‘liq bo‘lgan uzoq muddatdagi asoratlar xamda spesifik gormonal buzilishlar chastotasini pasaytirishga, shuningdek kasallikning qaytalanish xavfini kamaytirishga imkon bergan;
QBga jarroxlik kirish yo‘lini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida «Qalqonsimon bezga jarroxlik kirish yo‘li usuli» takomillashtirilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 sentyabrdagi 8n/r/800-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan usul a’zoning adekvat vizualizatsiyasini ta’minlagan xolda atrof to‘qimalar shikastlanish ehtimolini minimallashtirish, shuningdek bo‘yin mushaklari funksional faolligini saqlash imkonini bergan;
diffuz toksik bo‘qoqni xirurgik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining 3-jarroxlik bo‘limi xamda Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidadagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filiali amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 sentyabrdagi 8n/r/800-son ma’lumotnomasi). Diffuz toksik bo‘qoqning jarroxlik usulida davolashning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish tashrixlarning texnik jihatlariga bog‘liq bo‘lgan uzoq muddatdagi asoratlar chastotasini 6,0% dan 0,9% gacha, spesifik gormonal buzilishlarni 11,3% dan 7,1% gacha xamda kasallik qaytalanishini 9,3% dan 1,8% gacha pasaytirishi natijasida qoniqarsiz natijalar ehtimolligini kamaytirgani xolda yaxshi va qoniqarli natijalar ulushini 84,7% dan 97,3% ga oshirish imkonini bergan.