Abdullaeva Xuriyatxon Zafarbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘za, uning asosiy zararkunandasi (Nelicoverpa armigera Hb – g‘o‘za tunlami) holatini prognozlash va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish», 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Qx67.
Ilmiy rahbar: Yaxyaev Xashim Qasimovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc. 27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Toreniyazov Elmurat Sheriniyazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Sagdullaev Axror Umarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishi, g‘o‘za tunlamining paydo bo‘lishi, rivojlanishi, tarqalishini prognozlashtirish va avtomatlashtirilgan monitoring tizimini, uning asosida himoya tadbirlari rejalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda, g‘o‘za va uning asosiy zararkunandasi–g‘o‘za tunlamining rivojlanishi va tarqalishining monitoring tizimi va ushbu tizim asosida biologik kurashning takomillashgan usuli ishlab chiqilgan;
g‘o‘zani rivojlanish fazalarini foydali haroratlar yig‘indisiga bog‘lagan holda aniqlash usullari ishlab chiqilgan;
g‘o‘za tunlamining rivojlanish muddatlariga aniqlik kiritilib, ular rivojlanishining fenologik kalendarlari tuzildi, ob-havo sharoitidan kelib chiqqan holda rivojlanishi, tarqalishi va zarar keltirish darajalari aniqlangan;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini g‘o‘za tunlamidan himoya qilish vositalariga bo‘lgan ehtiyojni rejalashtirish me’yorlari ishlab chiqilgan;
fermer xo‘jaliklari uchun «Android» tipidagi mobil telefonlarda ishlaydigan zararkunanda va kasalliklar, ularning bioekologik xususiyatlari, zarar keltirishi hamda ularga qarshi kurash choralarini ifodalovchi «O‘simliklarni himoya qilish» ma’lumot-maslahat tizimi va undan foydalanish usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
G‘o‘za, uning asosiy zararkunandasi – g‘o‘za tunlami holatini prognozlash va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy-taqiqotlar natijalari asosida:
g‘o‘za va zararkunanda holatini prognozlashning avtomatlashgan tizimi asosida g‘o‘za tunlamiga qarshi biologik kurash olib borish 2015–2017 yillar mobaynida Andijon viloyatining Andijon tumani «Axmadjo‘ra sahovati», Ulug‘nor tumani «Usta Abdurahmon», Jalaquduq tumani «Bashariyat mulki», Baliqchi tumani «Nodirbek» Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumani «Baxtishod», Mirishkor tumani «Raxmonov Sardor» fermer xo‘jaliklarining g‘o‘za maydonlarida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 14 iyuldagi 02/20-398-son ma’lumotnomasi). Bunda yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishilib, rentabellik darajasi 78,0 foizni tashkil etdi.
o‘simliklarni himoya qilishda mobil ilova tizimi kasallik va zararkunandalar haqidagi ma’lumotlar dasturi fermerlar kengashining http://uzf.uz saytiga joylashtirilgan (O‘zbekiston fermerlar kengashining 2017 yil 19 sentyabrdagi 01/04-459- son ma’lumotnomasi). Mazkur dasturni fermer xo‘jaliklarida o‘simliklar zararkunanda va kasalliklariga qarshi kurashda qo‘llashga imkon yaratildi.