Tolibov Dilshod Sirojovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Al`sgeymer kasalligini erta shakllarining tashxisotiga yondashishni optimallashtirish (klinik-neyrovizualizatsion paralellar)», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib77.

Ilmiy rahbar: Raximbaeva Gul`nora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.

Rasmiy opponentlar: Madjidova Yoqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alimov Ulug‘bek Xudayarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: S.D. Asfendiyarov nomli Qozog‘iston Milliy tibbiyot universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Al`sgeymer kasalligi mavjud bemorlarni erta bosqichlari tashxisotiga zamonaviy yondashuvlarni optimallashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

AK mavjud bemorlarda aniqlangan gipo- va amnezik holatlar kasallikning erta bosqichlaridan rivojlanib, jadallashib borishi hamda ularni oliy nerv faoliyati o‘zgarishi bilan uzviy bog‘liqliligi isbotlangan;

DGEA-s biomarkerining qondagi miqdoriy ko‘rsatkichi AKning erta bosqichlarini tashxislashda ahamiyatli bo‘lib, klinik belgilar sezilarli bo‘lmagan holatda ham bu ko‘rsatkichlar AK xavfi mavjudligidan darak bergan va SMIda kuzatiladigan kognitiv buzilishlarni taqqoslama tashxislashda roli isbotlangan;

AKda bosh miya MRT manzarasida tashqi gidrotsefaliya, po‘stloqdagi diffuz atrofiya, chakka sohasi medial yuzasi va gippokamp atrofiyasi kuzatilib, AKning kechki bosqichlarida neyrodegenerativ jarayon kuchayib borgan sari mazkur belgilarning chuqurlashib borishi aniqlangan;

AK erta va kechki bosqichlari hamda SMIda kognitiv buzilishlarning neyropsixologik va neyrovizualizatsion ko‘rsatkichlarining taqqoslama mezonlari aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

AKni erta aniqlashda yangicha yondashuvlar tamoyillarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

kognitiv buzilishlari mavjud bemorlarni neyropsixologik, neyrovizualizatsion, immunoferment tekshiruvlardan iborat bo‘lgan kompleks tekshiruvlar asosida «Al`sgeymer kasalligining erta tashxisoti yangi usullarini tatbiq qilish (Al`sgeymer tipli presenil demensiya)» nomli uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 15 martdagi 8H-g/13-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma AKni erta aniqlash va tashxislashni takomillashtirish imkonini bergan;

AKni erta aniqlash va differensial chora-tadbirlari bo‘yicha olingan natijalar Namangan viloyati 1-sonli Namangan shahar klinik shifoxonasi hamda Toshkent shahri 7-sonli klinik shifoxonasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 15 martdagi 8H-g/13-son ma’lumotnomasi). Amaliyotga joriy qilingan tavsiyalar natijasida AKni erta bosqichlarida tashxislash, AK rivojlanishi mumkin bo‘lgan xavf guruhini aniqlash, kasalliklarni kechishi va oqibatini yaxshilash, bemorlar hayot tarzini uzaytirish, bemorlarni shifoxonaga qayta yotqizilishini 18 foizga va kasallik asoratlarini 28 foizga kamaytirish imkoniyatlari yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish