Matmurodov Rustambek Jumanazarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ekstrapiramidal kasalliklarni erta aniqlashda yangicha yondashuvlar va differensial davolash taktikasi tamoyillari», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSs/Tib80.
Ilmiy maslahatchi: Xalimova Xanifa Muxsinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Antanas Vaitkus, tibbiyot fanlari doktori, professor (Litva Respublikasi); Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Akademik I.P. Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ekstrapiramidal kasalliklarning klinik-nevrologik, neyropsixologik va biokimyoviy xususiyatlarini tahlil qilish, ularni erta aniqlash mezonlari va differensial davolash tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ekstrapiramidal kasalliklarda harakat va harakatga bog‘liq bo‘lmagan buzilishlarning klinik manifestatsiyasi xususiyatlari kasallikning klinik shakllari va bosqichlariga bog‘liq holda isbotlangan;
ekstrapiramidal kasalliklarda, jumladan Parkinson kasalligida bemorlar qon plazmasidagi S100V oqsil miqdorining o‘zgarishi kasallikning klinik shakllariga, bosqichlariga va kasallik davomiyligiga bog‘liq ekanligi isbotlangan;
ekstrapiramidal kasalliklarda harakat va harakatga bog‘liq bo‘lmagan buzilishlar bilan bemorlar qon zardobidagi S100V oqsil miqdori o‘rtasidagi muvofiqlik va uning kasallik rivojlanishidagi xususiyati isbotlangan;
ekstrapiramidal kasalliklar bilan kasallangan bemorlarning yashash sifatiga ta’sir qiladigan klinik va klinik bo‘lmagan omillar tizimli asoslangan;
harakatga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan buzilishlarni inobatga olgan holda ekstrapiramidal kasalliklarni differensial davolash tizimini takomillashtirish mexanizmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
ekstrapiramidal kasalliklarni erta aniqlashda yangicha yondashuvlar va differsial davolash taktikasi tamoyillarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
neyronlarga bog‘liq bo‘lgan oqsil miqdorini tekshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida «Ekstrapiramidal giperkinezlar va ularni erta tashxislash tamoyillari» nomli uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 22 fevraldagi 8n-d/7-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma ekstrapiramidal kasalliklarni erta aniqlash va tashxislashni takomillashtirish imkonini bergan;
harakatga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan buzilishlarning tahlili asosida «Neyromotor diskineziyali bemorlarda kognitiv buzilishlarni erta tashxislash va ularni korreksiya qilish tamoyillari» mavzusida uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 22 fevraldagi 8n-d/7-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma ekstrapiramidal kasalliklarda harakatga bog‘liq bo‘lmagan buzilishlarni korreksiya qilish va oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirish imkonini bergan;
ekstrapiramidal kasalliklarni erta aniqlash va differensial chora-tadbirlar bo‘yicha bo‘yicha olingan natijalar Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yildagi 8n-d/7-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning joriy qilinishi ekstrapiramidal kasalliklarni erta tashxislash, kasalliklarni kechishi va oqibatini yaxshilash, oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirish, bemorlar hayot tarzini uzaytirish, aholining turli qatlamlari orasida ekstrapiramidal kasalliklardagi harakatga bog‘liq bo‘lgan va bo‘lmagan buzilishlarni korreksiya qilish moddiy xarajatlar miqdorini 27,5% kamayishiga olib kelgan.