Tashpulatova Guzal Alievnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Radiochastotali diapazondagi elektromagnit nurlanish – gigienik muammo sifatida», 14.00.07–Gigiena (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc.Tib.53.

Ilmiy maslahatchi: Kamilova Roza Tolanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.03.

Rasmiy opponentlar: Aripov Abdumalik Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ponamareva Lyudmila Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Usmanov Islam Abbasovich, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urgench filiali.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: radiochastota diapazonli elektromagnit nurlanishni atrof-muhitni ifloslantirishi va aholining turli qatlamlariga biologik ta’siri va gigienik muammolarni hal qilishda profilaktik, himoya hamda sog‘lomlashtiruvchi chora-tadbirlarni takomillashtirishdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

konstruktiv xususiyatlarni, antenna-machtali inshootlarning balandligini, ularni o‘rnatish joylarini, RChDEMNlarni o‘lchash uslubi va vositalarini nazorat qilishga bo‘lgan talablarni hisobga olgan holda RChDEMNni o‘lchash usullari takomillashtirilgan;

ilk marotaba joriy va prognozlash davri uchun RTO tomonidan yuzaga keluvchi elektromagnit nurlanish bilan aholi yashash mintaqalarining atrof-muhitini haqqoniy ifloslanishi baholangan;

ilk marotaba turli quvvatga ega RChDEMNlarning tarqalish qonuniyatini, chastotali tavsifini va aholi yashash joylarida tayinlanishini, sanitar-himoya mintaqalarini va RTOlar uchun qurilishni chegaralash mintaqalarni hisoblash tartibi ishlab chiqilgan;

ilk marotaba RChDEMNlarni muntazam va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladigan, kasbiy RChDEMNga yaqin mintaqasida yashovchi aholi salomatlik holatiga, turli konfiguratsiyadagi mobil` uyali aloqa telefonlaridan foydalanayotganda bolalarga nurlanishni o‘tkazadigan ta’sir qilishi mexanizmi isbotlangan;

RChDEMNlarning nurlanishni turli xil dozalari ta’sir qilishi aniqlandi va morfofunksional, immunotsitokimyoviy va biokimyoviy ko‘rsatkichlarining tajriba hayvonlari bir qator organ va tizimlariga ta’sir darajasi isbotlangan;

qurilish bo‘yicha taklif qilingan loyihalarni ko‘rib chiqish va baholash uchun me’yorlar va radiotexnik ob’ektlarni uskunalari va antennalarini aholini RChDEMN ta’sirlaridan samarali himoyalovchi turli maqsaddagi binolar tomiga aholi yashash mintaqalari sharoitida o‘rnatishni tartibga soluvchi va aholini nurlanish ta’siridan himoyalashni ta’minlab beradigan sanitar-gigienik tavsifini hisobga olgan holda eksplutatsiya jarayonini cheklovchi talablar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

radiochastota diapazonli elektromagnit nurlanishni atrof-muhitni ifloslantirishi va aholining turli qatlamlariga biologik ta’siri va gigienik muammolarni hal qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«RChDEMN ta’sirining kasbiy xatarga ega shaxslarda yurak-qon tomir patologiyasining shakllanishi va kuchayib borishini prognozlash usuli» bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi intelektual mulk agentligi ixtiro patenti olingan (№ IAP 05466). Ushbu usul elektronmagnit to‘lqinlarning yurak qon-tomir tizimiga ta’sirini aniqlash va uni bartaraf qilish imkon beradi;

aholining turli qatlamlari orasida mobil` telefonlardan foydalanish va ularning salbiy ta’sirlarini kamaytirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Mobil telefonlardan foydalanishni sanitar me’yor va qoidalari» (SanMvaQ 0189-05) tasdiqlangan. Mazkur qonuniy hujjat mobil telefondan hosil bo‘layotgan elektromagnit nurlarning oqim zichligini ruxsat etilgan me’yoriy darajasini aniqlash, kasbiy guruhlar va aholi orasida to‘g‘ri foydalanish imkonini bergan;

aholi yashash mintaqalarida radiochastotali diapozdagi elektromagnit nurlanishlarni kamaytirish va ishchilar salomatligini himoyalash borasida olingan ilmiy natijalar asosida «radiochastotali diapazondagi elektromagnit nurlanish manbalari bilan ishlashda me’yor va qoidalari» (SanMvaQ 0269-09) tasdiqlangan. Mazkur qonuniy hujjat radiochastotali diapazondagi elektromagnit nurlanishlar mavjud ish joylarida ruxsat etilgan me`yoriy darajasini aniqlash va ulardan foydalanish tartibi sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini beradi;

aholi yashash mintaqalarida radiotexnik ob’ektlarning joylashtirish va ularning inson organizmiga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida «Radiotexnik ob’ektlarni aholi yashash mintaqalarida joylashtirish va ishlatish bo‘yicha me’yor va qoidalari» (SanMvaQ 0295-11) tasdiqlangan. Mazkur qonuniy hujjat radiotexnik ob’ektlarning aholi yashash joylarida joylashtirish, ularning me’yoriy darajasini aniqlash va insonlar organizmiga salbiy ta’sirini kamaytirishni aniqlash imkonini beradi;

Bolalar va o‘smirlar organizmiga elektromagnit nurlarning salbiy ta`sirini kamaytirish maqsadida olingan ilmiy natijalar asosida «O‘zbekistonda kompyuter sinfxonalarini ta’lim-tarbiya muassasalarida qurish, jixozlash, saqlash va ishlash tartiblari bo‘yicha sanitar qoidalar» (SanMvaQ 0303-12) tasdiqlangan. Mazkur qonuniy hujjat kompyuter sinfxonlarida kompyuterlarni joylashtirish va ulardan ajralib chiqadigan nurlarning o‘quvchilar organizmiga salbiy ta’sirini oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqishga imkon beradi;

EMN manbalarida ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish maqsadida «Elektromagnit nurlanishning ish o‘rinlarida o‘lchash uslubi» nomli uslubiy qo‘llanmasi nashr qilingan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017  yil 16 yanvardagi 8N/d/36-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma ish joylarida EMN parametrlarini o‘lchash, ob’ektlarini loyihalashtirish, yangi uskunalarni joylashtirish, ish o‘rinlarni attestatsiyadan o‘tkazish imkonini bergan;

radiotelevizion stansiyalari xodimlari ish sharoitlarini sog‘lomlashtirish «Radiotelevizion stansiyalarda ishlovchi asosiy xodimlar mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar» uslubiy qo‘llanmasi sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 16 yanvardagi 8N/d/36-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma radiotelevizion stansiyalari xodimlari ish sharoitlarini sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni aniqlash imkonini bergan;

uyali aloqa vositalaridan foydalanganda maktab o‘quvchilarining EMN oldini olish maqsadida «Maktab yoshidagi bolalar organizmini uyali aloqa telefonlaridan EMN ta’sirlaridan himoyalash» uslubiy qo‘llanmasi sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 16 yanvardagi 8N/d/36-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma uyali aloqa vositalaridan noto‘g‘ri foydalanganda o‘quvchilar organizmidagi o‘zgarishlarni oldini olishiga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan;

EMN bilan doimiy muloqatda bo‘lgan ishchilar organizmiga salbiy ta`sirini tashxislash maqsadida «Uzoq muddatli elektromagnit nurlanish ta’sirida organopatologiyani immunologik tashxislash» uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 16 yanvardagi 8N/d/96-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma EMNning hujayraviy omilli dinamik ta’sirining immunologik mezon va xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan;

EMNning atrof-muhitning ifloslanishi va shu mintaqada istiqomat qiluvchi aholining salomatlik holatini basharotlash maqsadida «Elektromagnit nurlanishlarni prognozlanuvchi davr ichida tarqalishini hisoblash bo‘yicha matematik modeli» uslubiy ko‘rsatmasi sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017  yil 16 yanvardagi 8N/d/36-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy ko‘rsatma elektromagnit nurlanishlar atrof-muhitning ifloslantirishini matematik moddelashtirish va aholining salomatlik holatini prognozlash imkonini bergan;

radiochastotali diapazondagi elektromagnit nurlanishlar ta’sirini gigienik baholash va uning salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, Radiotarmoq, radioeshittirish va teleradiokompaniya bosh boshqarmasi, Bosh shaxar loyiha markazi, «UNICON UZ» bosh boshqarmasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 11 oktyabrdagi 8n-3/24-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi radiochastotali diapazondagi elektromagnit nurlanishlarning ta’sirini kamaytirish, mobil aloqa vositalaridan foydalanish davomiyligini me’yorlashtirish, radiotelvizion markazlarda ishlovchi ishchilarning salomatlik holatini yaxshilash, nurlanish ta’sirini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirish bilan birgalikda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish