Ergasheva Maxbuba Xotambekovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Avesto»dagi falsafiy g‘oyalarga sinergetik yondashuv (ontologik va gnoseologik tahlil)», 09.00.01–Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Fal.19.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.

Ilmiy maslahatchi:Turaev Baxtiyor Omanovich, falsafa fanlari doktori, professor.

Rasmiy opponentlar: Isoqov Mirsodiq Mirsultonovich, tarix fanlari doktori, professor; Berdimurodova Alima Karlibaevna, falsafa fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: «Avesto»dagi falsafiy g‘oyalarni sinergetik qonuniyatlar vositasida asoslash yo‘li bilan uning ontologik va gnoseologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

«Avesto»dagi falsafiy g‘oyalarning yaxlitlik va xilmaxillik, oddiylik va murakkablik, chiziqlilik va nochiziqlilik singari ontologik xususiyatlari hamda empirik va ratsional darajadagi gnoseologik mohiyati ochib berilgan;

qadimiy manbalar tizimida sinergetik metodologiyaning tartib va tartibsizlikning uyg‘unligi, taraqqiyotning orqaga qaytmasligi, ochiqlik va yopiqligi tamoyillari nuqtai nazaridan chuqurroq ochib berish imkoniyatlari asoslab berilgan;

«Avesto» falsafiy g‘oyalarining zamonaviy falsafiy qarashlar rivojiga konstruktiv (bunyodkor) ta’siri, kishilarning ma’naviy-axloqiy o‘z-o‘zini tashkillashtirishidagi o‘rni yuzasidan yoshlarni vatanparvar va insonparvar ruhda tarbiyalashga oid xulosalar asoslangan;

«Avesto» asaridagi insonning o‘zligini anglash jarayonida ma’naviy o‘zlikni anglashning his qilish, bilish, anglash va faoliyat ketma-ketligida gnoseologik xususiyatlari ochib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Zardushtiylik davri falsafiy fikrlarini sinergetikaning asosiy qonuniyatlari (tizimlilik, murakkablik, nochiziqlik, o‘z-o‘zini tashkillashtirish) orqali tahlil etish borasidagi takliflar asosida:

«Avesto»ni o‘rganishga sinergetik yondashuvning asar g‘oyalarini tadqiq etishdagi imkoniyatlarini ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan asoslash borasidagi taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston madaniyati  tarixi va  O‘lkashunoslik muzeylari faoliyatida (2015–2016), xususan, 2016 yilga mo‘ljallangan ekspozisiyasini tuzishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligining 2016 yil 17 noyabrdagi  01-11-08-6304-son ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalarni falsafiy manbalarni  o‘rganishga tadbiq etilishi va muzeylar faoliyati ish rejasiga kiritilishi yangicha nochiziqli tafakkur tarzining shakllanishiga, manbalarning, xususan, «Avesto» g‘oyalarining hali ilmiy jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan yangi,  ontologik, gnoseologik, sinergetik tomonlarini ilmiy asoslab bergan;

qadimiy manbalar tizimida sinergetik metodologiyaning tartib va tartibsizlikning uyg‘unligi, taraqqiyotning orqaga qaytmasligi, ochiqlik va yopiqligi tamoyillari nuqtai nazaridan chuqurroq ochib berish imkoniyatlari xususidagi taklif va tavsiyalardan Imom Buxoriy xalqaro markazining 2016 mo‘ljallangan ish rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Imom Buxoriy xalqaro markazining 2016 yil 28 oktyabrdagi  01-09/48-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni markaz ish rejasiga kiritilishi manbalar tizimida sinergetika metodologiyasi asosida qo‘lyozmalar katologlarini tuzishga imkon bergan;

«Avesto»dagi falsafiy g‘oyalarning zamonaviy falsafiy qarashlar rivojiga konseptual ta’siri, kishilarning ma’naviy-ruhiy o‘z-o‘zini tashkillashtirishidagi o‘rni, o‘z-o‘zini tashkillash jarayonini anglashning gnoseologik xususiyatlari bo‘yicha ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar Davlat muzeyining “Qadimgi davr va ilk o‘rta asrlar davri” bo‘limini ilmiy tahlil etishda va jihozlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2016 yil 30 iyundagi 14/3/463-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonning harbiy sohaga oid yodgorliklarini tadqiq etish va saqlash, ulardan harbiy xizmatchilar va aholini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, shuningdek, muzey ekspozisiyasining yetakchi mavzularini yanada mukammal ilmiy asosda yoritishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish