Baxadirov Kudratxon Gayratovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Listli metallarni sovuq prokatlash jarayonini takomillashtirish», 05.02.01– Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi) (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1PhD/T69.

Ilmiy rahbar: Saydaxmedov Ravshan Xalxodjaevich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.FM/T.03.04.

Rasmiy opponentlar: Abdullaev Fatxulla Sa’dullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Maxkamov Rufat Gulyamovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: sovuq holda listli metallarni prokatlashni takomillashtirish asosida energiyatejamkor texnologiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

sovuq holda simmetrik prokatlash qurilmasining texnologik parametrlarini hisoblash orqali prokatlashning samarali texnologiyasi va konstruksiyasi ishlab chiqilgan;

mavjud prokatlash texnologiyasini takomillashtirish bilan yangi energiyatejamkor simmetrik prokatlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;

yangi energiyatejamkor simmetrik prokatlash texnologiyasi asosida olingan listli mis va uning qotishmalarini termik ishlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;

mis polosasini prokatlashdan keyin termik ishlov berishning yangi rejimlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Listli metallarni sovuq holda prokatlash jarayonini takomillashtirish asosida sarf etiladigan energiya sarfini kamaytirishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlar natijasi asosida:

sovuq holda prokatlangan mis va uning qotishmalarini termik ishlash texnologiyasi «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJga joriy etilgan («O‘zmetkombinat» AJning 2017 yil 9 fevraldagi 07/00-18/7-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarini joriy qilish natijasida prokatlash o‘timlar sonini 7 dan 5 gacha kamaytirish imkonini bergan;

quyma usulida olingan polosa shaklidagi metallarni prokatlashda listli metallarga sarflanayotgan energiyatejamkor texnologiyasi «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJga joriy etilgan («O‘zmetkombinat» AJning 2017 yil 9 fevraldagi 07/00-18/7-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarini joriy qilish, yangi ishlab chiqilgan texnologiyaning qo‘llanilishi energiya sarfini 5–7% ga tejash va har bir o‘tishdagi ishchi valga tushadigan bosimni 3% ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish