Rasulov Alisher Xakimovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kukun metallurgiyasi uslubi bilan qattiq qotishmali kirish qutisi roliklarini tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01–Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi) (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1PhD/T70.

Ilmiy rahbar: Nurmurodov Salohiddin Do‘smurodovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.FM/T.03.04.

Rasmiy opponentlar: Abdullaev Fatxulla Sa’dullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Jumaboev Alijon Bakishevich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Navoiy tog‘-konchilik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: qiyin eriydigan metallarning kukunlaridan foydalanib qattiq qotishmali roliklar tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kukun metallurgiyasi uslubida qattiq qotishmali kirish qutisi roligini tayyorlashda uning mustahkamligini ta’minlovchi takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan;

optimal mustahkamlik va plastiklikni ta’minlovchi qattiq qotishma asosidagi matrisani tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;

roliklarning mustahkamligi va plastikligini oshirishini ta’minlaydigan Mo-TiC-Ni-W-Fe sistemali qotishmaning 60%TiC, 20%Ni, 4%W, 4%Fe va molibdenli optimal tarkibi ishlab chiqilgan;

roliklarning eyilishga bardoshliligini oshirishni ta’minlaydigan Mo-TiC qotishmasining TiC-42%; Ni-12,0%; W-4,0%; Fe-3,0%, Mo-39,0% dan iborat tarkibi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Kukun metallurgiyasi uslubi bilan qattiq qotishmali kirish qutisi roliklarini tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:

qiyin eriydigan disperss materiallarni olish uchun qo‘llaniladigan plazmokimyoviy reaktor konstruksiyasini ishlab chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan («Plazmokimyoviy reaktor» № IAP 04732. 2013y). Natijada plazmokimyoviy reaktor konstruksiyasi qiyin eriydigan metallarning kukunlarini olish imkonini bergan;

xizmat muddatini oshirish maqsadida kukun metallurgiyasi uslubida tayyorlangan qattiq qotishmali roliklar «O‘zmetkombinat» AJning SPS-2ga joriy etilgan («O‘zmetkombinat» AJning 2017 yil 28 apreldagi 01-1/606-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari qattiqlik va mustahkamlik ko‘rsatkichlarini 1,2–1,3 martaga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish