Kurbanov Baxodir Irkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning injenerlik–geologik sharoitida bino va inshootlar asoslarini barpo etishda vertikal armoelementlar (VAE) ishlashini tadqiq etish», 05.09.02 – Asoslar, poydevorlar va er osti inshootlari. Ko‘priklar va transport tonnellari. Yo‘llar, metropolitenlar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T2007
Ilmiy rahbar: Xasanov Asqar Zabievich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.18/30.12.2019.T.09.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Sharafitdin Sayfitdinovich texnika fanlari doktori, professor; Kayumov Abdubaki Djalilovich, texnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura va qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maqsadi turli injenerlik-geologik sharoitida bino va inshootlar asoslarini mustahkamlashda turli texnologiyalar bilan bir qatorda VAElar bilan mustahkamlangan asoslarni barpo etish, ularning yuk ko‘tara olish qobiliyatini aniqlash, VAElar bilan atrof grunt massivining birgalikdagi ishlashi va bunday asoslar bilan poydevor konstruksiyalarini birgalikda ishlash kontakt modelini ishlab chiqish va seysmodempfer masalalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
laboratoriyada olib borilgan tajribalar asosida, qorishtirish texnologiyasi bo‘yicha grunt-sementli vertikal armoelementlarni barpo etish uchun tayyorlanadigan grunt-sementli qorishmaning optimal tarkibi aniqlangan;
naturaviy tajribalar asosida, vertikal armoelementlarning yuk ko‘tara olish qobiliyatini va cho‘kishini aniqlashga qaratilgan hisobiy sxema hamda matematik ifodalar ishlab chiqilgan;
modelli tajribalar asosida, vertikal armoelemenlarning cho‘kishi va ular orasidagi masofalarning poydevor egilishi va zo‘riqishlar qiymatlariga ta’siri aniqlangan hamda ularni hisoblashga qaratilgan mexanik model taklif etilgan;
vertikal armoelementlar bilan mustahkamlangan asoslar va poydevorlar kontakt hududidagi qumli dempfer qatlamining gorizontal kritik kuchlariga qarshiligini aniqlashga qaratilgan matematik ifoda ishlab chiqilgan va siljish sharti aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
VAElarni barpo etish usulini takomillashtirish, ularning yuk ko‘tara olish qobiliyatini hisoblash hamda vertikal armoelementlar bilan mustahkamlangan asoslardagi poydevorlarni cho‘kishini hisoblash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
vertikal armoelementlar bilan mustahkamlangan asoslardagi poydevorlarni hisoblash ifodalari va modellari “Geofundamentproekt” MChJ loyihalash institutida bino va inshootlar poydevorlarini hisoblash va loyihalash jarayoniga joriy qilingan (“O‘zbekiston respublikasi Qurilish Vazirligi”ning 2021 yil 17 sentyabrdagi № 09-06/10707-sonli ma’lumotnomasi). Natijada vertikal armoelementlar bilan mustahkamlangan asoslardagi poydevor plitalarini egilishining kamayishi hisobiga poydevor bikirligini oshirishga qaratilgan armatura sarfi kamayishi hisobiga poydevor qurish uchun sarf-xarajatlar 10-12 % ga kamaytirilgan;
vertikal armoelementlar bilan mustahkamlangan asoslarni barpo etish usuli “Qishloqqurilishloyiha” MChJda bino asoslarini loyihalash jarayonida joriy qilingan (“O‘zbekiston respublikasi Qurilish Vazirligi”ning 2021 yil 17 sentyabrdagi № 09-06/10707-sonli ma’lumotnomasi). Natijada madaniy grunt keng tarqalgan yirik shahar hududlardagi bino asoslarini mustahkamlashda, an’anaviy qatlamlab zichlash usuli o‘rniga vertikal armoelementlarni qo‘llash orqali sun’iy asoslarni tayyorlashda ketadigan umumiy sarf-xarajatlar 10 % ga kamaygan;
bino va inshootlar asoslarini vertikal armoelementlar bilan mustahkamlash usuli “O’ZGAShLITI” DUKda bino asoslarini loyihalash jarayonida joriy qilingan (“O‘zbekiston respublikasi Qurilish Vazirligi”ning 2021 yil 17 sentyabrdagi № 09-06/10707-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bino va inshootlar asoslarini tayyorlashda vertikal armoelementlarni barpo etishning qorishtirish texnologiyasini qo‘llash orqali sarf-xarajatlar 10 % ga kamaytirilgan;
VAElar bilan mustahkamlangan asoslar va poydevorlarning birgalikda ishlashiga ta’sir etuvchi omillar aniqlanib, VAElar bilan mustahkamlangan asoslardagi poydevorlarni loyihalash bo‘yicha qo‘llanma qayta tayyorlangan va O‘zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining Texnik kengashi yig‘ilishi 18-2021-sonli bayonnomasi (23.08.2021)) va chop etishga ruxsat berilgan.