Abdunazarov Elbek Elmurodovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Anor tuplarini ko‘madigan mashina ish organining parametrlarini asoslash», 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1351.
Ilmiy rahbar: Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Astanaqulov Komil Dullievich, texnika fanlari doktori, professor; Abduraxmanov Abdukarim Atxamovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi anor tuplarini ko‘madigan mashina ko‘muvchi ish organining agrotexnik talablar darajasidagi ish sifatini kam energiya sarflagan holda ta’minlaydigan turi va parametrlarini asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
anor tuplarini ko‘madigan mashina ish organining konstruksiyasi anor tuplarini belgilangan talablar darajasida ko‘milishini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va texnologik ish jarayoni asoslangan;
mashina korpusining parametrlari anor tuplarini ko‘milish va shikastlanish darajalari belgilangan myo’rlarga mos hamda mashinaning tortishga qarshiligi minimal bo‘lishini hisobga olgan holda aniqlangan;
mashina tayanch tekisligidan osish qurilmasining pastki taqish nuqtasigacha bo‘lgan tik masofa uning korpuslari belgilangan chuqurlikka botishi, shu chuqurlikda barqaror ishlashi hamda talab etilgan transport tirqishi ta’minlanishini hisobga olgan holda asoslangan;
anor tuplarini ko‘madigan mashina parametrlari (korpuslari orasidagi ko‘ndalang masofa, korpus bilan tup yotqizgich orasidagi bo‘ylama masofa, korpus ish sirtining balandligi) hamda agregat harakat tezligining maqbul qiymatlari ularning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlarini ifodalovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Anor tuplarini ko‘madigan mashina ish organining parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
anor tuplarini ko‘mishda ularni kam shikastlaydigan va resurstejamkor mashinaga Intelektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Mevali butalarni ko‘madigan mashina», №FAP 01627. Natijada yuqori quvvatli g‘ildirakli traktorlar bilan agregatlanadigan anor tuplarini ko‘madigan mashina konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
anor tuplarini ko‘madigan mashinaning tajriba nusxasi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining tajriba uchastkasi hamda Sirdaryo viloyati, Guliston tumani fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 15 apreldagi 02/023-1637-son ma’lumotnomasi). Natijada mashinani anor tuplarini ko‘mishda qo‘llash mehnat sarfini 95,7 foizga, ekspluatatsiya xarajatlarni 25,3 foizga kamaytirish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan anor tuplarini ko‘madigan mashinaning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriqlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 15 apreldagi 02/023-1637-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan anor tuplarini ko‘madigan mashinani ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.