Ibraymov Asqar Esbosinovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umumta’lim maktabi fizika o‘qituvchilari masofaviy malaka oshirishlarining ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped59.

Ilmiy rahbar: Mamadazimov Mamadmuso, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.

Rasmiy opponentlar: Abduqodirov Abduqaxxor Abduvakilovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Tursunmetov Komiljon Axmedovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: umumta’lim maktabi fizika o‘qituvchilarining masofaviy malakasini oshirish mazmuni va o‘qitish texnologiyalarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Davlat ta’lim standartlari fizikani o‘rganishning boshlang‘ich, tayanch va umumiy darajalari tarkibini belgilash hamda masofaviy malaka oshirish mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan Davlat talablari fizika o‘qituvchilarining kommunikativ, axborot bilan ishlash, tadqiqotchilik, kreativlik, loyihalash, o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetentligini oshirish omillari asosida takomillashtirilgan;

masofaviy malaka oshirish mazmunini ishlab chiqishga qo‘yiladigan didaktik talablar asosida fizika o‘qituvchicining kasbiy tayyorgarligi darajasini oshirishga qaratilgan masofaviy kurslarning metodik  ta’minoti ishlab chiqilgan;

masofaviy malaka oshirish sharoitida fizikadan laboratoriya ishlari, namoyish tajribalari hamda masalalar echishni tashkil etish va o‘tkazish metodikasi tabiiy va virtual muhit shakllarini o‘zaro integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;

fizika o‘qituvchilari malakasini masofaviy oshirish jarayonining didaktik modeli maqsadi, konseptual, texnologik, baholash-nazorat komponentlari mazmunini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;

fizika o‘qituvchilarining kasbiy faoliyati davomida metodik tayyorgarligi holatini o‘rganish va aniqlangan bo‘shliqlar bilan ishlashga qaratilgan kasbiy kompetentlilik darajasini oshirishning masofaviy o‘qitish texnologiyalari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

fizikani o‘rganishning boshlang‘ich, tayanch va umumiy darajalari tarkibini belgilash hamda malaka oshirish tizimida fizika o‘qitishni takomillashtirishga doir takliflardan Xalq ta’limi vazirligining 2015 yil 28 iyuldagi 4-son Hay’at qarori bilan tasdiqlangan maktabda fizika o‘qitish konsepsiyasi va Davlat ta’lim standarti, malaka oshirish mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan Davlat talablarini takomillashtirishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 7 dekabrdagi 01-02/1-7-359-son ma’lumotnomasi). Natijada fizika faniga oid umumiy va tayanch kompetensiyalar, standart darajalari ishlab chiqilgan va fizika o‘qituvchilari masofaviy malaka oshirishining minimal mazmuni belgilangan;

masofaviy malaka oshirish mazmunini ishlab chiqishda qo‘yiladigan didaktik talablar asosida fizika o‘qituvchicining kasbiy tayyorgarligi darajasini oshirishga qaratilgan metodik ta’minoti mazmuni «Xalq ta’limi muassasalari rahbarlari va pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash mazmuni hamda sifatiga qo‘yiladigan Davlat talablari» (“O‘zstandart” agentligida 2013 yil 5 martda O\'zDSt 2767:2013 3523-qayd raqami bilan ro‘yxatga olingan) mazmuniga singdirilgan hamda Xalq ta’limi vazirligining metodik ishlarni muvofiqlashtiruvchi guruhi yig‘ilishining 2016 yil 30 avgustdagi 5-sonli bayoni bilan amaliyotga yo‘naltirilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 18 oktyabrdagi 01-02/1-3-318-son ma’lumotnomasi). Natijada umumta’lim maktabi fizika o‘qituvchilarining masofaviy malakasini oshirish kursi “Mutaxassislik fanlar” blokini takomillashtirishga imkon bergan;

fizikadan amaliy mashg‘ulotlarni masofaviy malaka oshirishda tabiiy va virtual muhit shakllarida o‘zaro integratsiyalashga oid takliflari Xalq ta’limi vazirligining 2011 yil 3 avgustdagi 172-son buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 18 oktyabrdagi 01-02/1-3-318-son ma’lumotnomasi). Natijada fizika o‘qituvchilarining masofaviy malakasini oshirish kursi o‘quv dasturlari mazmuniga laboratoriya ishlari, namoyish tajribalari hamda masalalar echishni tabiiy va virtual shakllarda tashkil etish imkonini bergan;

fizika o‘qituvchilarining kasbiy faoliyati davomida kompetentligini takomillashtirishga oid takliflari asosida “Umumta’lim maktab fizika o‘qituvchilarining mustaqil ravishda doimiy malaka oshirishini ta’minlovchi elektron-axborot ta’lim muhitini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” mavzusidagi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 7 dekabrdagi 01-02/1-7-359-son ma’lumotnomasi). Natijada fizika o‘qituvchilarining kasbiy faoliyati davomida metodik tayyorgarligi holatini o‘rganish va aniqlangan bo‘shliqlar bilan ishlashga qaratilgan kasbiy kompetentlilik darajasini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish