Tojieva Gulbahor Nomozovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilini “til va ma’naviyat mushtarakligi” tamoyili asosida tadqiq qilish masalalari”, 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Fil283.
Ilmiy maslahatchi: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD. 03/30.12.2019.Fil.70.01 raqamli bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori, professor; Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor; Mamatov Abdug‘afur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilining “til va ma’naviyat mushtarakligi” tamoyilini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lingvoma’naviyatshunoslik yuksak ma’naviyatli shaxs tarbiyasi uchun xizmat qiladigan ilmiy-amaliy mexanizm uchun muayyan lingvistik ta’minotni vujudga keltirishi, shaxs ma’naviyati va ma’naviy salohiyatiga tegishli hodisalarni o‘zi uchun xususiylashtirishi o‘zbek tilini “til va ma’naviyat mushtarakligi” tamoyili asosida ochib berilgan; 
o‘zbek milliy ma’naviyatining shakllanishida islom madaniyatining, tasavvuf va o‘zbek mumtoz adabiyotining roli ulkan darajada ekanligi uchun bunday birliklarda arabiy qatlamning ustunligi shaxs ma’naviyatini ifodalovchi atov birliklarning tarixiy-etimologik, o‘z va o‘zlashma qatlamga oid mikrosistemalari asosida dalillangan;
xoslangan birikmali atov birliklari tobe aloqali erkin birikmalardan o‘sib chiqqani uchun erkin birikmalarda tushunchalarning yaxlitlanishi teng aloqali birikmalarnikiga nisbatan ancha kuchliligi, bunday birikmalarda ma’noviy ixtisoslashuv yuqori darajada ekanligi  dalillangan;
o‘zbek adabiy tilida ma’naviy tushunchalarni ifodalovchi leksik birliklar katta qismni tashkil etishi, ularda xalqning madaniy qarashlari ifodalanishi, iboralar inson ma’naviyati, ma’naviy-axloqiy tushunchalari, hayotiy tutumlarining shakllanishida, rivoj topishida muhim ahamiyatga molik ekanligi aniqlangan;
shaxs ma’naviyatini ifodalovchi vositalarning leksikografik talqini, lingvokul`turologik qomusiy lug‘atda ma’naviyat tushunchalarini ifodalovchi birliklarning berilishi lingvoma’naviyatshunoslikning birligi, ya’ni leksema, ibora, maqollarni tavsiflash muammolari echimini ta’minlash asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilini “til va ma’naviyat mushtarakligi” tamoyili asosida tadqiq qilish masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
ma’naviyat tushunchalarini ifodalovchi birliklarning til leksik sistemasida tutgan o‘rnini aniqlash orqali ularning mavzuviy va ma’noviy guruhlari ajratilib, farqlash va tasniflash asoslari ishlab chiqilishiga oid xulosasidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 15 noyabrdagi 17-01/215-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va qoraqalpoq adabiy tili sathlaridagi muammolar echimini ta’minlash vazifalarini belgilash imkonini bergan; 
“ma’naviyat” umumiy ma’noli birliklar tizimida shaxs ma’naviy sifatlarini ifodalovchi atov birliklarning konseptual xususiyatlari asoslanganligiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 15 noyabrdagi 17-01/215-son ma’lumotnomasi). Natijada “ma’naviyat” umumiy ma’noli birliklarning o‘zbek va qoraqalpoq fonetik, leksik, morfologik tizimlardagi o‘rnini aniqlash imkonini bergan;
izohli lug‘atlar tuzishda so‘zlarning to‘g‘ri va haqqoniy lug‘aviy ma’nolarini aniq ko‘rsatib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish mezonlarini belgilash asosida “O‘zbek tilining qisqacha ma’naviyat lingvokul`turologik lug‘ati” (ISBN 978-9943-4921-1-0) tuzilgan. Natijada o‘zbek tilidagi “ma’naviyat” umumiy ma’noli birliklarning qo‘llanilishiga aniqlik kiritish va lug‘atlarning optimal variantlarini yaratish imkonini bergan;
ma’naviyat tushunchalarini ifodalovchi birliklarning til leksik sistemasida tutgan o‘rnini aniqlash orqali ularning mavzuviy va ma’noviy guruhlari ajratilib, farqlash va tasniflash asoslari ishlab chiqilishiga oid xulosalaridan Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining «So‘zlar javohiri» ko‘rsatuvi hamda viloyat radiosining «Voha sadosi» eshittirishi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 03 noyabrdagi 12-15/339-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlar mazmunining ma’rifiy va amaliy jihatdan boyish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish