Xasanov Shavkat Tursunkulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligida er va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish», 08.00.04–Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Iqt16.
Ilmiy maslahatchi: Murtazaev Olim, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Choriev Qurbon Amirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ergashev Rahmatulla Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatqulov Abdurashid Vaxidovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotningmaqsadi: qishloq xo‘jaligida er va suv resurslaridan foydalanish samaradorligining nazariy va uslubiy asoslarini takomillashtirish, ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fermer xo‘jaliklarida er-suvdan foydalanish munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali ulardan foydalanishning iqtisodiy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga jalb qilingan cheklangan resurslardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimi va ularni hisoblash usullari takomillashtirilgan;
qishloq hududlarini kompleks rivojlantirishga qaratilgan va mavjud resurslardan oqilona foydalanish maqsadida “agroklaster”larni tashkil etish mexanizmi va ularning istiqbollari bo‘yicha nazariy-ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligi erlaridan foydalanish samaradorligini “supersamaradorlik” hamda suvdan samarali foydalanish imkoniyatlarini “sub-vektor” usullarini qo‘llash orqali oshirishga doir uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
unumdorligi past er maydonlarini oziq-ovqat yo‘nalishidagi ekinlarni joylashtirish hisobiga qishloq xo‘jaligi ekinlari tarkibini optimallashtirishning 2020 yilgacha bo‘lgan prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qishloq xo‘jaligida er va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
er-suvdan foydalanishning asosiy xususiyat va yo‘nalishlarini hisobga olgan holda, uning iqtisodiy samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni hisoblashning takomillashtirilgan uslublari bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan (08.08.2014 y. 194-son buyrug‘i asosida) amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 20 iyundagi 01/09-202-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif etilgan ko‘rsatkichlar orqali qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan hamda suvdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini baholash imkoniyati yaratilgan;
fermerlar tomonidan ishlab chiqarishga sarflanadigan resurslar miqdorini kamaytirish yo‘llarini topish va uni almashtirish masalasini hal etishda DEA modelining sarflanayotgan resurslarni kamaytirishga qaratilgan, ilg‘or fermer xo‘jaliklarida er resurslaridan yanada samarali foydalanishni baholashda «supersamaradorlik» hamda suvdan foydalanish samaradorligini aks ettiruvchi «sub-vektor» usulidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2014 yil 1 dekabrdagi 05/09-813-son ma’lumotnomasi). Bu usuldan foydalanish Zarafshon vodiysida paxta va g‘alla etishtirish uchun gektariga sarflangan suv sarfini tejash hisobiga mahsulot tannarxini pasaytirish, xususan, Buxoro viloyatida g‘allachilikda gektaridan 16,5 ming so‘m yoki jami 1456,7 mln. so‘m va paxtachilikda mos ravishda 11,3 ming so‘m yoki 1382,8 mln. so‘m suv sarfi uchun to‘lanadigan xarajatlarni tejash imkonini bergan;
qishloq hududlarini kompleks rivojlantirish va mavjud resurslardan oqilona foydalanish maqsadida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida yangi xo‘jalik yuritish shakli agroklasterlarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar Samarqand viloyati qishloq xo‘jalik korxonalarida namunaviy loyiha sifatida tatbiq etilishi bo‘yicha qaror qabul qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2014 yil 1 dekabrdagi 05/09-813-son ma’lumotnomasi). Takliflardan foydalanish hududlarning tabiiy-joylashuvi bo‘yicha o‘ziga xos ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini bergan;
paxta va g‘alla mahsulotlarini etishtirishga ixtisoslashgan kam daromadli xo‘jaliklarda boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish orqali ekin maydonlari tarkibini serdaromadli sohaga aylantirishga yo‘naltirilgan 2016–2020 yillarga mo‘ljallangan prognoz O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2015 yil 31 dekabrdagi 281-sonli buyrug‘iga asosan Samarqand viloyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 20 iyundagi 01/09-202-son ma’lumotnomasi). Natijada past hosilli ekin maydonlari hajmi 8-10 foizga qisqartirilib, ularning meva-sabzavotga ixtisoslashgan ishlab chiqarish tashkil etilishi tufayli mahsulot hajmi 30–32 foizga ortganligi kuzatilgan.