Radjibaev Dilshod Patidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Neftegazokondensat aralashmalarini rektifikatsiyalash jarayonining issiqlik samaradorligini oshirish», 02.00.08 - Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T163.
Ilmiy rahbar: Xudayberdiev Absalom Abdurasulovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Fozilov Sadriddin Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Raxmonov Toyir Zoyirovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «O’ZLITINEFTEGAZ» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neftni birlamchi haydash uskunasida neftegazo-kondensat aralashmasini rektifikatsiyalash jarayonining issiqlik samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neft` va uning fraksiyalari distillyatlari haroratlarini rektifikatsiya kolonnasi balandligi bo‘ylab taqsimlanish qonuniyatlari aniqlangan;
xomashyo tarkibi, harorati va sarfini hamda flegma sarfi va haroratini neftegazokondensat aralashmasini rektifikatsiyalash jarayonining issiqlik samaradorligiga ta’siri isbotlangan; 
distillyat fraksiyalarini ajratish samaradorligini oshirish imkonini beruvchi flegma sonining optimal qiymatlari aniqlangan;
neftegazokondensat aralashmasini uglevodorod bug‘lari bilan haydash jarayonining ratsional texnologik va gidrodinamik rejimlari aniqlangan;
neftni birlamchi haydash uskunasining rektifikatsiya kolonnasi tubidagi klapanli tarelkani ag‘darma tipdagi tarelkaga almashtirish bilan neftegazo-kondensat aralashmasini rektifikatsiyalash jarayoni takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Neftegazokondensat aralashmalarini rektifikatsiyalash jarayonining issiqlik samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
neftni birlamchi haydash uskunasida neftegazo-kondensat aralashmasini rektifikatsiyalash jarayonining issiqlik samaradorligini oshirish texnologiyasi «Buxoro NQIZ» MChJning «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2021 yilni 9 sentyabridagi 03-17-5/132-son ma’lumotnomasi). Natijada, rektifikatsiya kolonnasining issiqlik samaradorligini 20÷30 foizga oshirish (3952 kVt), harorat rejimini ratsional chegaralarda rostlash va ishlab chiqarilayotgan neft mahsulotlari tannarxini pasaytirish imkonini bergan;
rektifikatsiya kolonnasining tub qismiga ag‘darma tipdagi tarelka o‘rnatish bilan takomillashgan neftegazokondensat aralashmasini haydash texnologiyasi «O‘zbekkimyomash zavodi» AJning «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2021 yilni 9 sentyabridagi 03-17-5/132-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy uglevodorod xomashyolarini fraksiyalarga ajratuvchi tarelkali rektifikatsiya kolonnasining yangi samarali konstruksiyalarini loyihalash, su’niy bosim oshish jarayonini oldini olish va suvsizlantirilgan neft mahsulotlari ishlab chiqarish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish