Abdullaev Sardorbek Usmonxudjaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aholi bandligini oshirishning ijtimoiy mexanizmlari», 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/S103
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbar: Aliqoriev Nuriddin Sapaqorievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Qaxxorov Abdulla Ganievich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Yuldashev Anvar Ergashevich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda ijtimoiy mexanizm samaradorligini takomillashtirish orqali aholining bandlik darajasini oshirish yuzasidan asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi bandligini oshirishda band bo‘lmagan aholini kasbga yo‘naltirish (AQSh), xodimlarni rag‘batlantirish hamda ijtimoiy to‘lovlar tarzidagi moddiy taqdirlash (Yaponiya), ishsiz qolgan yoki ishidan ajralib qolish xavf solayotgan shaxslarni kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlash (Isroil), ish bilan band xodimlar uchun kasb tayyorgarligi va qayta tayyorlash (Shved), davlat sektorida mehnatning qat’iy tartibga solinishi (Xitoy), ta’lim bilan kasbiy amaliyotning uzviy bog‘liqlikda olib borilishi (Janubiy Koreya) modellarining avfzalliklari asoslangan;
ta’lim jarayoni orqali mehnat bozorini tartiblashtirishda fuqarolarning doimiy daromad olib keladigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish omillari (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy)ning ahamiyati ochib berilgan;
bandlikni oshirishning ijtimoiy mexanizmlari (davlat tuzilmalari, jamoat tashkilotlari, mahalliy boshqaruv organlarining o‘zaro munosabatlari) aniqlanib, ularning sotsial stratifikatsiya, tuzilmaviy-funksional talablari asosida tendension o‘zgarishlari asoslangan;
kadrlarni tayyorlashda «ta’lim muassasasi – ishlab chiqarish – mehnat bozori – kasbga qayta tayyorlash – ish beruvchi» kabi ijtimoiy jarayonlarni takomillashtirish orqali aholini munosib ish (qonuniy ish joyi, mehnat daromadi, mehnatga bo‘lgan taklif va talablarning qondirilishi) bilan ta’minlashga erishilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Aholi bandligini oshirishning ijtimoiy mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Aholi bandligini oshirishda band bo‘lmagan aholini kasbga yo‘naltirish (AQSh), xodimlarni rag‘batlantirish hamda ijtimoiy to‘lovlar tarzidagi moddiy taqdirlash (Yaponiya), ishsiz qolgan yoki ishidan ajralib qolish xavf solayotgan shaxslarni kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlash (Isroil), ish bilan band xodimlar uchun kasb tayyorgarligi va qayta tayyorlash (Shved), davlat sektorida mehnatning qat’iy tartibga solinishi (Xitoy), ta’lim bilan kasbiy amaliyotning uzviy bog‘liqlikda olib borilishi (Janubiy Koreya) modellarining avfzalliklaridan «Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil 12 apreldagi 01/00-03/14-4258-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi mamlakatimizda «Ishga marhamat» Mono markazlar, qisqa muddatli o‘quv kurslarning tashkil etilishiga va bu orqali aholi bandligi ta’minlashga darajasi oshirilishiga xizmat qilgan;
ta’lim jarayoni orqali mehnat bozorini tartiblashtirishda fuqarolarning doimiy daromad olib keladigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish omillari (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy)ning ahamiyati ochib berilganligidan «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan 2020 yilda «O‘zbekistonda kambag‘allikni kamaytirish masalalari» mavzusida o‘tkazilgan cotsiologik tadqiqotlarda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2021 yil 1 apreldagi 01-16/107-con ma’lumotnomasi). Mazkur natijalardan foydalanish O‘zbekistonda aholi bandligini ta’minlashda va oshirishda samarali boshqaraladigan mexanizmni shakllantirish orqali aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va o‘zini-o‘zi band qilish tizimini takomillashtirishga erishilgan;
bandlikni oshirishning ijtimoiy mexanizmlari (davlat tuzilmalari, jamoat tashkilotlari, mahalliy boshqaruv organlarining o‘zaro munosabatlari) aniqlanib, ularning sotsial stratifikatsiya, tuzilmaviy-funksional talablari asosida tendension o‘zgarishlari asoslanganligidan «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan 2020 yil 3-9 iyun` kunlarida «Xotin-qizlarning mehnat huquqlari va ularning tadbirkorlik sohasidagi faoliyati: holati, muammolar va echimlar» mavzucida o‘tkazilgan cotsiologik so‘rovida «A» blokida 3 ta, «V» blokida 3 ta, «S» blokida 4 ta cavollarni tuzishda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2021 yil 1 apreldagi 01-16/107-con ma’lumotnomasi). Ushbu natijalarning amaliyotga joriy etilishi mamlakatimizda bandlikni oshirishga ta’sir etuvchi omillar asosida aholi bandligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqishda o‘z samarasini ko‘rsatgan;
kadrlarni tayyorlashda «ta’lim muassasasi – ishlab chiqarish – mehnat bozori – kasbga qayta tayyorlash – ish beruvchi» kabi ijtimoiy jarayonlarni takomillashtirish orqali aholini munosib ish (qonuniy ish joyi, mehnat daromadi, mehnatga bo‘lgan taklif va talablarning qondirilishi) bilan ta’minlashga erishilishiga asoslangan takliflaridan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashining 2020 yil yanvarda 01-03/18-son Qarori bilan tacdiqlangan «Ijtimoiy boshqaruv va kasbiy takomillashuv» mavzusida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 2021 yil 15 martdagi 04-13/449-con ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi, shuningdek, mahalliy hokimiyat boshqaruv organlari tomonidan qonun ijodkorligi, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, aholining ish bilan bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish kabi maqsadli dasturlarni yaratishga xizmat qilgan.