Xalmanov Aktam Toshquvatovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Moddalarning turli fazoviy holatlarida ul`trakichik konsentratsiyali atomlarning o‘ta sezgir lazer spektroskopiyasi», 01.04.05–Optika (fizika-matematika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/ FM50.

Ilmiy maslahatchi: Eshqobilov Napas Beknazarovich, fizika-matematika fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Fizika-texnika instituti, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.FM/T.34.01.

Rasmiy opponentlar: Nematov Sherzod Qalandarovich, fizika-matematika fanlari doktori; Nizamov  Negmat Nizamovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor;  Azamatov Zokirjan Taxirovich, fizika-matematika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: moddalarning ul`trakichik konsentratsiyali atomlari va aerozollari bilan lazer nuri ta’sirida namoyon bo‘ladigan rezonansli va norezonans fizik jarayonlar mexanizmlarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

yuqori quvvatli impul`sli infraqizil lazer nuri (λ=1064nm, E=250 mDj) ta’sirida tuproq, metall va qotishmalarning yuzalaridan hosil bo‘ladigan aerozol` zarrachalarining mutlaq konsentratsiyasi (N) va o‘lchami (d) orasidagi teskari bog‘lanish qonuniyati (N~d-2) hamda ekstinksiya koeffisienti (σ) va qattiq sirt yuzasidan lazer nurigacha bo‘lgan masofa (L) orasidagi to‘g‘ri bog‘lanish aniqlangan;

shaffof (NaCl, CsCl, NaI, NaF, KCl, AgNO3)  va organik (Rodamin 640)  aerozol` zarrachalarining ekstinksiya effektivligi (Q) va aerozolning o‘lcham parametri (α) orasidagi teskari bog‘lanish asoslangan;

atom va aerozol` sistemalarning intensiv impul`sli lazer nuri maydonlardagi yutilish va so‘nish parametrlarini qayd qilish imkonini beruvchi foydali signallar (selektiv ionlanish signali va so‘nish signali) paydo bo‘lishining mexanizmlari aniqlangan;

“sterjen`-alanga” atomizatorining harorati bo‘yicha seleksiyasi asosida atom ionizatsion spektroskopiya usulining sezgirligi va selektivligini platforma va grafit naychadan tashkil topgan yangi elektrotermik atomizator-ionizator yordamida oshirish imkoniyati ko‘rsatilgan;

aerozol` zarrachalarida yorug‘lik ekstinksiyasini o‘lchovchi ikki faol hajmli azot lazeriga asoslangan rezonator ichida so‘nish lazer spektrometri ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Moddalarning turli fazoviy holatlarida ul`trakichik konsentratsiyali atomlar va aerozollarning o‘ta sezgir lazer spektroskopiyasini tadqiq qilish asosida:

aerozolning morfologik parametrlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar xorijiy jurnallarda (Journal  of Analytical Atomic Spectrometry 20, r. 53-59 (2005); Journal  of Analytical Atomic Spectrometry 29, r. 2267-2274 (2014);  Chinese Science Bulletin  Vol.58 № 20, r. 2440-2446 (2013); Anal Bioanal Chem (2005) 383, r. 1090-1097) aerozolning optik ekstinksiyasi va zarrachalar sonini aniqlashda qo‘llanilgan. Ilmiy natijaning qo‘llanishi yorug‘lik ekstinksiya koeffisientini va aerozol` zarrachalarining mutlaq konsentratsiyasini aniqlash imkonini bergan;

ichki rezonans spektroskopiyasi yordamida mikrozarrachalar bilan yorug‘likning sochilishi va absorbsiyasining tadqiqi natijalari xorijiy jurnallarda (Journal  of Enviromental Sciences 26 (2014) r.2412-2422;  Atmospheric Chemistry and Physics 7, r. 1523-1536, 2007;  Laser Photonics Re. 5, №4, r. 534-552 (2011)) aerozollarning optik xususiyatlari, kim’yoviy tarkibini tadqiq qilish, aerozollarning yutuvchi va sochiluvchi zarrachalari orqali yorug‘lik ekstinsiyasini o‘lchash uchun qo‘llanilgan. Ilmiy natijaning qo‘llanishi aerozol` zarrachalarining ekstinksiya samaradorligini imkonini bergan;

atomlar va aerozollar bilan lazer nuri ta’sirida namoyon bo‘ladigan rezonansli va norezonans fizik jarayonlar mexanizmlari, atomlarni uyg‘otishning samarali to‘qnashuv sxemalari, organik bo‘yoqlar va metall tuzlari aerozollari hamda sof metallarning aerozol` fakellarida ularning optik va morfologik xususiyatlarining umumiy qonuniyatlari F–2–15 raqamli «Og‘ir element atomlari (Pt, Au, Hg, Tl, Pb)ning ionlanish chegarasi atrofidagi lazer ionizatsion spektroskopiyasi» loyihada aerozollarning kvant holatlarini va atomlarning ko‘p bosqichli to‘qnashuv va fotoionizatsion sxemalarini aniqlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 6 oktyabrdagi FTK–03–13/656-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi elementlarning miqdorlarini “grafitli pech`” va “sterjen`-alanga” rejimida ishlaydigan birlashgan atom-ionizatsion spektrometrida aniqlash sezgirligini 10 martaga hamda lazer ablyasiya usuli bilan optik rezonatorda aerozol` zarrachalari sonini 2 martaga ortishini ta’minlaydigan lazer spektrometrlarini yaratishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish