Tulyaganova Gulnoza Olimjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalik davrida individual imkoniyatlarni ruyobga chiqarishning psixologik omillari” 19.00.06–Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped152.
Ilmiy rahbar: Xalilova Nargiza Ikromalievna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Tuychieva Saodat Meliquzievna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalik davrida individual imkoniyatlar samarali ro‘yobga chiqarilishini belgilab beruvchi psixologik omillarni o‘rganish asosida bu jarayonga faollashtiruvchi ta’sir ko‘rsatishning amaliy usullarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
destruktiv tip shaxs individual imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishning tarkibiy komponentlaridan qanchalik uzoq bo‘lsa, kognitiv jarayonlarni etarli shakllanmaganligi sababli ularning o‘quv faoliyatida muvaffaqiyatga erishishga bo‘lgan intilishlari past va konstruktiv tipda o‘z ichki imkoniyatlaridan samarali foydalanish, o‘z o‘zidan qoniqish, o‘ziga nisbatan ishonch hissini kuchliligi etarli ifodalangan bo‘lsa, ta’lim jarayonida bilim olish hamda muvaffaqiyatga erishishlarini samarali bo‘lishi asoslangan;
talaba shaxsida refleksiv xususiyatlarni tug‘ma layoqati asosida yoshga mos ravishda kuchli rivojlantirilishi shaxs motivatsiyasiga ta’sir qilishi natijasida shaxsning individual psixologik xususiyatlariga va ularning ijtimoiy psixologik stimullashga bog‘liqligi ochib berilgan;
talaba shaxsidagi irodaviy sifatlar motivatsiyasini rivojlanish darajasi oshishi hisobiga psixologik ustanovka ta’sirida shaxs individual imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda konstruktiv tipini kuchli ifodalanishi asoslangan;
shaxsning aqliy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda emotsiyalar psixologik ta’sir qilish orqali bosh miyaning qobiq qavatidagi tafakkur jarayoniga mas’ul bo‘lgan markazlarning faolligi kuchayishi natijasida shaxsning potensial imkoniyatlaridan samarali foydalanish mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaxsning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishni o‘rganish doirasida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
destruktiv tip shaxs individual imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishning tarkibiy komponentlaridan qanchalik uzoq bo‘lsa, kognitiv jarayonlarni etarli shakllanmaganligi sababli ularning o‘quv faoliyatida muvaffaqiyatga erishishga bo‘lgan intilishlari past va konstruktiv tipda o‘z ichki imkoniyatlaridan samarali foydalanish, o‘z o‘zidan qoniqish, o‘ziga nisbatan ishonch hissini kuchliligi etarli ifodalangan bo‘lsa, ta’lim jarayonida bilim olish hamda muvaffaqiyatga erishishlarini samarali bo‘lishi asoslangan ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 avgustdagi 10-sonli buyrug‘iga asosan “Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 avgustdagi P-M-10b-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi natijasida amaliyotchi psixologlarda o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishning kompleks psixologik manbalari aniqlandi va boyitilgan;
talaba shaxsida refleksiv xususiyatlarni tug‘ma layoqati asosida yoshga mos ravishda kuchli rivojlantirilishi shaxs motivatsiyasiga ta’sir qilishi natijasida shaxsning individual psixologik xususiyatlariga va ularning ijtimoiy psixologik stimullashga bog‘liqligi ochib berilgan empirik ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 avgustdagi 10-sonli buyrug‘iga asosan “Umumiy psixodiagnostika” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 avgustdagi P-M-10b-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi natijasida shaxs o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishning yosh va psixologik omillarini inobatga olgan holda ilmiy ma’lumotlar asosida metodik ta’minotni kuchaytirish imkoniyati ortgan;
talaba shaxsidagi irodaviy sifatlar motivatsiyasini rivojlanish darajasi oshishi hisobiga psixologik ustanovka ta’sirida shaxs individual imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda konstruktiv tipini kuchli ifodalanishiga qaratilgan empirik ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 avgustdagi 10-sonli buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 avgustdagi P-M-10b-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi natijasida ta’lim sohasi uchun tayyorlanadigan psixologlarning kasbiy ahamiyatli tayanch kompetensiyalarini takomillashtirishda sifat jihatidan o‘sishga erishildi;
shaxsning aqliy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda emotsiyalar psixologik ta’sir qilish orqali bosh miyaning qobiq qavatidagi tafakkur jarayoniga mas’ul bo‘lgan markazlarning faolligi kuchayishi natijasida shaxsning potensial imkoniyatlaridan samarali foydalanish mumkinligidan aniqlangan ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 avgustdagi 10-sonli buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologik trening” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 avgustdagi P-M-10b-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi natijasida ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarda o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilishni kuchaytirish va rivojlantirish bo‘yicha psixologik chora-tadbirlar samaradorligi oshirilgan.