Bozorov Soyibjon Sodiqjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Amaranthus o‘simligini introdusiyalangan navlarining yog‘i: olinishi, fizik-kimyoviy va biologik xususiyatlari, qo‘llanish istiqbollari», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/K240.
Ilmiy rahbar: Ziyavitdinov Jamolitdin Fazlitdinovich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/V.37.01.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Maxmudjon Bakievich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Pyakina Galina Aleksandrovna, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliylashtirilgan Amaranthus oilasi o‘simliklari urug‘lari yog‘ining kimyoviy tarkibi va farmakologik xususiyatlarini aniqlash va ularni biologik faol qo‘shimchalar hamda tibbiy va kosmetika mahsulotlari sifatida qo‘llash istiqbollarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Andijon viloyatida etishtirilgan Amaranthus cruentus – Gelios va Xar`kov 1 hamda Amaranthus hypochondriacus – Lera va Andijon navli amarant urug‘larining yog‘idagi skvalen miqdori 5,29 dan 6,79% gacha ekanligi,  uning eng yuqori miqdori Xar`kov-1 (6,79%) va Lera (6,05%) navlarida, Andijon (5,29%) va Gelios (5,53%) navlarida esa ancha past bo‘lishi aniqlangan;
Amaranthus cruentus va Amaranthus hypochondriacus navlari yog‘ining dominant trigliseridlari L2P (13 – 16%), L2S+ LOP (15,6 – 18%), LO2 (10,8 – 12,1%), L2O (12 – 13,6%) va LOS (11 – 11,6%) ekanligi, o‘rtacha miqdordagi trigliseridlar (7,5 – 8,16%), L3 (4,96 – 5,9%), va LP2 (4,6 – 7,96%) hamda LPS, O2P, O2S, OPS va OP2 eng kam miqdordagi trigliseridlardan iborat yog‘ kislota kompozisiyalari ekanligi isbotlangan; 
GC-MS tahlil natijalariga ko‘ra amarant yog‘ining major yog‘ kislotalari linol kislota (40,16-47,31%), olein kislota (24,52-31,1%) va pal`mitin kislotasi (22,27-23,19%), minor yog‘ kislotalar esa stearin (2,99-3,59%), miristin (0,24-0,28%) va araxidin (0,66 - 0,78%) kislotalari ekanligi xamda o‘rganilgan amarant navlari yog‘larida omega-3-al`fa-linol kislota 1,17% dan 1,65% gacha miqdorda ekanligi aniqlangan;
bir bosqichli xromatografik tahlil usulida skvalen miqdori va trigliseridlar tarkibini hamda amarant yog‘ining sifatini aniqlash imkoniyatini beruvchi YuSSX usuli ishlab chiqilgan;
amarant yog‘ining antigiperlipedemik va antioksidant faolliklariga ega ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Amarant yog‘larning kimyoviy tarkibi va farmakologik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
amarant o‘simligi urug‘idan ajratib olingan yog‘lar asosida antigiperlipidemik va antioksidant ta’sirga ega bo‘lgan «BIO MO‘JIZA» BFQ olish texnologiyasi «SIFAT AGRO SERVIS» MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining ma’lumotnomasi). Natijada, antigiperlipidemik va antioksidant faollika ega biologik faol qo‘shimchalar importnini kamaytirish imkonini bergan;
Amaranthus cruentus va Amaranthus hypochondriacus amarant urug‘ yog‘larining kimyoviy tarkibini o‘rganishda olingan natijalarga 6 ta yuqori impakt faktorga ega bo‘lgan xorijiy jurnallarda chop etilgan tadqiqotlarda yondosh o‘simlik yog‘larining tarkibini aniqlashda foydalanilgan (Journal of Functional Foods, 2020, 72(1) 104065, IF-3,701; Plants 2020, 9, 1412, IF-3,182; Heliyon 2021,7, e06304, IF – 1,8, Nova Biotechnol Chim 2020, 19(1): 61-69, IF – 0,55; Frontiers in Plant Science 2020; 11: 607102, IF – 4,407). Natijada, o‘simlik yog‘larini tarkibini aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish