Mamashukurov Abdunabi Uraqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Farg‘ona vodiysi ba’zi ommaviy qushlarining ekologiyasi, etologiyasi va biozararlanishlardagi o‘rni», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/B511.
Ilmiy rahbar: Jabborov Abdurashid Rayimovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Boymurodov Xusniddin Toshboltaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Ametov Yakub Idrisovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi ayrim ommaviy qushlarining ekologiyasi, etologiyasi va biozararlanishlardagi o‘rnini aniqlash hamda ular keltirib chiqaradigan zararlanishlarning oldini olish choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Farg‘ona vodiysi sharoitida oq laylaklarning etologiyasida uya imprintingi hodisasi aniqlangan;
ko‘k kurkunak in kamerasi va tashqi muhit harorati qiyosiy tahlil qilinib, in kamerasi haroratining kun davomida optimal 20,7-21,8°C da saqlanishi aniqlangan;
Farg‘ona vodiysi sharoitida oq laylak, ko‘k kurkunak, mayna, hind va dala chumchuqlari keltirib chiqaradigan biozararlanishlarning muddatlari, darajasi aniqlangan va uning oldini olish hamda kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan; 
ko‘k kurkunaklardan olingan ofat signallari spektrogrammasining spektral-vaqtli strukturasi tahlil qilinib, shu asosida ofat signallarining imitoni yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Farg‘ona vodiysi ba’zi ommaviy qushlarining ekologiyasi, etologiyasi va biozararlanishlardagi o‘rni bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
Farg‘ona vodiysi faunasiga tegishli bo‘lgan 3 ta oila, 4 urug‘, 5 turga mansub qushlarning 12 ta ilmiy kolleksion tushka namunalari Zoologiya instituti “Zoologiya kolleksiyasi noyob ob’ekti”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 29 oktyabrdagi 4/1255-2854-son ma’lumotnomasi). Natijada, kolleksiyadagi qushlar fondini boyitgan va ularning turlar xilma-xilligini aniqlash va sistematik tahlil qilish imkonini bergan;
ko‘k kurkunaklarning akustik sistemalarida aniqlangan ofat signallaridan ko‘k kurkunaklarni cho‘chitib haydashda foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Andijon viloyati asalarichilik xo‘jaliklari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 7 yanvardagi 02/16-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ofat signallari asalarichilik xo‘jaliklarida ko‘k kurkunaklarning zararini kamaytirib, yuqori mahsuldorlikka erishish imkonini bergan;
baliqchilik ko‘llaridan oq laylaklarni cho‘chitib haydashda optik repellent vositalaridan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar «Andijon baliqchilik xo‘jaligi» amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 7 yanvardagi 02/16-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, optik repellent vositalar baliqchilik xo‘jaligi suv havzalaridan oq laylaklarni samarali cho‘chitib haydash va ularning zararini kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish