Imomova Nozimaxon Avazxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):«O‘zbekistonda ishchi kuchi migratsiyasiga ijtimoiy omillar ta’siri», 22.00.02 –Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/S55.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02. 
Ilmiy rahbar:Latipova Nodira Muxtarjanovna,sotsiologiya fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar:MatibaevTaspolatBaltabaevich,sotsiologiya fanlari doktori, professor; 
Rahimova Nigina Xayrullaevna,iqtisod fanlari doktori.
Etakchtashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ishchi kuchi migratsiyasiga ijtimoiy omillar ta’sirini aniqlash va O‘zbekistonda migratsiya jarayonini tartibga solish yo‘llarini sotsiologik asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishchi kuchi migratsiyasi bilan bog‘liq ob’ektiv va sub’ektiv omillarning ijtimoiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatishining xududiy xususiyatlari tadqiq etilib, yuzaga keluvchi pozitiv va negativ holatlarni previntiv monitoring qilishda iqlim sharoiti, kasbiy salohiyatni amalga oshirish, ijtimoiy himoyalanganlik kabi mezonlari ishlab chiqilgan;
migratsion mobillikka turtki beruvchi motivatsiyalar hamda ishchi kuchi migratsiyasidagi intellekt ko‘chishi (“brain drain”) mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korellyasion bog‘liqlik aniqlangan;
ishchi kuchi migratsiyasining xududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va demografik holatga hamda aholining sotsiomadaniy rivojlanish darajasiga jamiyat ijtimoiy e’tiborini maqsadli yo‘naltirilishi asoslangan;
ishchi kuchi migratsiyasi jarayonlaridagi gorizontal (sohalararo integratsiyalashuv) va vertikal (davlat tomonidan yaratiladigan qulay huquqiy kafolatlar, institutlashuv hamda maqbul iqtisodiy shart-sharoitlar) omillarini sotsial mobillik orqali optimallashtirishda ichki migratsion faollikni oshirish imkoniyatlari prognozlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Jamiyatni modernizatsiyalash sharoitida yoshlarning sotsial mobilligini takomillashtirish mexanizmlari bo‘yicha tadqiqot natijalaridan:
ishchi kuchi migratsiyasi bilan bog‘liq ob’ektiv va sub’ektiv omillarning ijtimoiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatishining xududiy xususiyatlari tadqiq etilib, yuzaga keluvchi pozitiv va negativ holatlarni previntiv monitoring qilishda iqlim sharoiti, kasbiy salohiyatni amalga oshirish, ijtimoiy himoyalanganlik kabi mezonlari ishlab chiqilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 avgustdagi PF-5785-son «Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida»gi farmoni loyihasidagi migratsiya jarayonini tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishga taalluqli 2-ilova 4 xatboshini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi tashqi mehnat migratsiyasi agentligining 2021 yil 13 avgustdagi 02/00-04/22-6622-son ma’lumotnomasi). Natijada ishchi kuchi migratsiyasiga urbanizatsiya jarayonlari intensivligini va aholi turmush darajasiga ta’siri imkoniyatlarini aniqlashga xizmat qilgan;
migratsion mobillikka turtki beruvchi motivatsiyalar hamda ishchi kuchi migratsiyasidagi intellekt ko‘chishi (“drain brain”) mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korellyasion bog‘liqlik aniqlanganligiga oid takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 avgustdagi PF-5785-son «Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida»gi farmonining 2-ilova 5 xatboshi loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi tashqi mehnat migratsiyasi agentligining 2021 yil 13 avgustdagi 02/00-04/22-6622-son ma’lumotnomasi). Bu O‘zbekistonda ishchi kuchi migratsiyasi jarayonlarini tartibga solishdagi muammolar tasnifini ishlab chiqish imkonini bergan;
ishchi kuchi migratsiyasining xududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va demografik holatga hamda aholining sotsiomadaniy rivojlanish darajasiga jamiyat ijtimoiy e’tiborini maqsadli yo‘naltirilishi asoslanganligiga oid taklifidan «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan «Migratsiya jarayonlari jamoatchilik fikri ko‘zgusida» mavzusida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovnomani ishlab chiqishda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2021 yil 16 avgustdagi 01-16/238-son ma’lumotnomasi). Bu migratsiyaga yo‘nalishiga oid so‘rovnomani ishchi kuchi migratsiyasining jamiyat sotsiomadaniy darajasiga ta’siri nuqtai nazaridan tartiblash imkonini bergan;
ishchi kuchi migratsiyasi jarayonlaridagi gorizontal (sohalararo integratsiyalashuv) va vertikal (davlat tomonidan yaratiladigan qulay huquqiy kafolatlar, institutlashuv hamda maqbul iqtisodiy shart-sharoitlar) omillarini sotsial mobillik orqali optimallashtirishda ichki migratsion faollikni oshirish imkoniyatlari prognozlashtirilganligiga oid takliflaridan Respublika “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 fevraldagi “Sotsiologik tadqiqotlarni o‘tkazishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5667-son Farmonining 2 bandining 3 xatboshi “Ijtimoiy sohada- aholini ijtimoiy muxofaza qilish tizimini takomillashtirishga, uning bandligini ta’minlashga, real daromadlarni oshirish chora tadbirlarini bajarishga yo‘naltirilgan islohatlar”, hamda sotsial mobillik, migratsion jarayonlarning ko‘p o‘lchamli paradigmalari taxliliga oid ilmiy izlanishlarni kuchaytirish, uning zamonaviy tendensiyalari dinamikasini aniqlash imkonini bergan(«Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2021 yil 16 avgustdagi 01-16/238-son ma’lumotnomasi). Shuningdek ishchi kuchi migratsiyasining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va demografik strukturasi hamda sotsiomadaniy darajasiga ta’siri nuqtai nazaridan uni maqsadli tartiblash mexanizmi tashkil qilinishi asoslanganligiga oid takliflardan Respublika “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazining 2019 yil reja asosida “Migratsiya jarayonlari jamoatchilik fikri ko‘zgusida” mavzusiga bag‘ishlangan sotsiologik so‘rovnomani ishlab chiqishda foydalanilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish