Xasanov Atabek Abdirashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda parlament nazorati institutini demokratlashtirish jarayoni», 23.00.02–Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Siyos12.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.S.01.08.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Rasmiy opponentlar:Idirov Ulug‘bek Yusupovich, siyosiy fanlar doktori, dotsent; Jo‘raev Qodir Asatullaevich, siyosiy fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mamlakatimizdaparlament nazorati institutini demokratik tamoyillar va qadriyatlar asosida takomillashtirish bilan bog‘liq jarayonlarni tadqiq qilish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolarning qonun loyihalari muhokamalarida faol ishtirok etishi va qonunlar ijrosini doimiy kuzatib borishga asoslangan parlament nazorati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan;
parlament nazorati institutining demokratik tamoyillar asosida shakllanishi va rivojlanishining bosqichlari, prinsiplari, nazariy-konseptual asoslari siyosatshunoslik fanining o‘rganish ob’ekti nuqtai nazaridan tizimli ravishda ochib berildi;
parlamentga taqdim etilgan qonun, qaror va davlat dasturlari ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning xolisligi va ishonchliligini mustaqil ekspert xulosalari asosida ekspertizadan o‘tkazish parlament nazoratining samarali mexanizmi ekanligi asoslangan;
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar mohiyati va jahon ilg‘or tajribasidan kelib chiqqan holda parlament nazorati instituti faoliyatini jamoatchilik nazorati bilan uyg‘unlashtirish negizida uni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
parlament nazorati sub’ektlari parlament nazoratini amalga oshirayotganda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining majburiyatlarini qonunchilikda belgilash to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi Qonuni 23-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2016 yil 12 maydagi 06–20/332-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif qonun, qaror va davlat dasturlari ijrosining samarali nazoratini tashkil qilish jarayonida ijrochilar tomonidan berilayotgan ma’lumotlarning ishonchliligi va xolisligini aniqlashda ekspertlar guruhini tashkil etish parlament nazoratining samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilgan;
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha ilmiy xulosalar va takliflar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» telekanalining ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy mavzudagi «Bu ham muhim» va «Biz uchun muhim» ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» telekanali davlat unitar korxonasining 2016 yil 15 sentyabrdagi 02–07/2011-son va 2016 yil 12 oktyabrdagi 02–07/2015-son ma’lumotnomalari). Ushbu takliflar mazkur ko‘rsatuv natijasida amalga oshiriladigan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati bilan parlament nazoratini uyg‘unlashtirish va fuqarolarning siyosiy hamda huquqiy bilimini oshishiga xizmat qilgan.