Asfandiyarov Il`dar Maratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maydanak astronomik observatoriyasida kuzatish natijalari asosidagi gravitatsion-linzalanuvchi tizimlarning kompleks tadqiqoti», 01.03.01 – Astronomiya (fizika matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3PhD/FM276.
Ilmiy rahbar: Egamberdiev Shuxrat Abdumannapovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti, Dsc.02/30.12.2019.FM.15.01.
Rasmiy opponentlar: Sergeev Aleksey Vladimirovich, fizika-matematika fanlari nomzodi (Ukraina, Radioastronomiya Instituti); Axunov Tal’at Axmatovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: P.K. Shternberg nomidagi Davlat Astronomiya instituti, M.V. Lomonosov Moskva Davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori sifatli GLK tasvirlarini olish, ularni MCS dekonvolyusiyasi usuli bilan qayta ishlash, tasvirlarda gravitatsion linzalangan kvazarlarning bevosita aniqlanmagan komponentlarini ajratib olish, yuqori aniqlikdagi fotometriyani o‘tkazish hamda ushbu komponentlar yorqinligida kuzatilgan ketma-ket o‘zgarishlari orasida kechikish vaqtining ishonchli qiymatlarini aniqlashan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Chili, Ispaniya va Hindistondagi bir necha observatoriyalar, shuningdek, Maydanak observatoriyasida hamkorlikdagi xalqaro COSMOGRAIL loyihasi doirasida bir qator GLKlarning ko‘p yillar davomida kuzatuv ma’lumotlari olingan asosida yangi va yuqori sifatli PZS tasvirlar olingan;
Xabbl doimiysi H0 bevosita baholash imkoniyati yaratish uchun yangi topilgan GLKlarning kechikish vaqti qiymatlarini bir necha foiz xatolik bilan o‘lchovlari ilk bor amalga oshirilgan;
MCS dekonvolyusiya usulidan foydalangan holda tasvirlarning ajratib olish qobiliyatini ilk bor oshirilgan, yangi topilgan linzalangan kvazarlarning alohida nuqtasimon komponentlari va linzalovchi galaktikasi bir-birlaridan ilk bor ajratilgan;
Ilk bor Maydanak observatoriyasida olingan tasvirlarning ajratib olish qobiliyati 0.″26 gacha etkazib, kuzatilgan 22 GLS komponentlari ajratilgan va Habbl Kosmik teleskopida (HKT) olingan tasvirlar bilan taqqoslangan;
5 GLK uchun (SDSS J1650+4251, SDSSJ1206+4332, HS 2209+1914, SDSSJ1001+5027, NE 0435-1223) ko‘p iyllar davomida olib borilgan kuzatuvlari asosida ishonchli va yuqori aniqlikda kechikish vaqti qiymati o‘lchangan;
MAO 2018-2020-yy. davomida intensiv kuzatuvlar natijasida SDSS J1721+8842, SDSS J1433+6007, SDSS J2145+6345 GLKlarning faol optik o‘zgaruvchanligi hamda SDSSJ1721+8842 GLKdagi linzalangan komponetlari orasidagi kechikish vakti qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiyada ishlab chiqilgan tahlil usullaridan boshqa mualliflar ham shu kabi ob’ektlarni o‘rganishda foydalanishgan. Buhaqda SCOPUS ma’lumotlar bazasiga kiritilgan va Googlescholar bazasida ko‘rsatilgan xalqaro jurnallardagi nashrlarimiz dalolat beradi:
SOSMOGRAIL: the COSmological MOnitoring of GRAvItational Lenses. IX. Time delays, lens dynamics and baryonic fraction in HE 0435-1223 // Astronomy & Astrophysics, 2011, Volume 536, id.A53, 12 pp. – 131 iqtibos;
COSMOGRAIL: the COSmological MOnitoring of GRAvItational Lenses. XII. Time delays of the doubly lensed quasars SDSS J1206+4332 and HS 2209+1914 // Astronomy & Astrophysics, 2013, Volume 553, id.A121, 9 pp. – 63 iqtibos;
COSMOGRAIL: the COSmological MOnitoring of GRAvItational Lenses. XIV. Time delay of the doubly lensed quasar SDSS J1001+5027 // Astronomy & Astrophysics, 2013, Volume 557, id.A44, 7 pp. – 58 iqtibos;
COSMOGRAIL: Measuring Time Delays of Gravitationally Lensed Quasars to Constrain Cosmology // The Messenger, 2012, vol. 150, p. 49-52 – iqtibos;
SOSMOGRAIL loyihasi bo‘yicha GLClarning kechikish vaqtlarini o‘lchovlari yangi H0LiCOW loyihasini yaratish uchun xizmatqildi. O‘rganilgan GLK HE0435-1223dakechikish vaqti o‘lchash natijalari kosmologik masofani modellashtirish va o‘lchash uchun xamda Xabbl konstantasini baholashda asos bo‘lib hizmat qildi. SDSSJ1206+4332 GLKdatopilgan kechikish vaqti Habbll konstantasini aniqlash uchun ishlatilgan (MNRAS, 2016,V 468, Issue 3; MNRAS, 2016, V 465, Issue 4; MNRAS, 2017, V 465, Issue 4.)