Egamov Ilhomjon Urayimjonovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘oriladigan sharoitlarga mos hosildorligi va don sifati yuqori kuzgi yumshoq bug‘doy navlarini yaratish, urug‘chilini tashkil etish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Qx105.
Ilmiy maslahatchi: Siddiqov Ravshanbek Inomjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02 (bir martalik ilmiy kengash).
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: kuzgi bug‘doyning
«Yog‘du» navi (NAR 00292), «Navbahor» navi (NAR 00291), «O‘zbekiston-25 navi (NAR 00295).
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2021 yil 26 yanvardagi 01-11/163-son xulosasi.
II. Tadqiqotning maqsadi: Respublikamiz sug‘oriladigan sharoitlariga mos don hosili hamda sifati yuqori bo‘lgan kuzgi yumshoq bug‘doyning nav va duragaylarini yaratish, seleksiya jarayonida foydalanish uchun kolleksiya namunalarini tanlab olish, yangi yaratilgan yumshoq bug‘doy navlarini boshlang‘ich urug‘chiligini ilmiy asosda tashkil etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kuzgi yumshoq bug‘doyning jahon genofondidan olingan va introduksiya qilingan mahalliy nav va namunalarining asosiy belgi hususiyatlari bo‘yicha baholangan;
yumshoq bug‘doyning nav va namunalari ishtirokida yaratilgan duragaylarda qimmatli xo‘jalik belgi va hususiyatlarning irsiylanish qonuniyatlari aniqlangan;
kuzgi yumshoq bug‘doyning ertapishar, o‘rtapishar, hosildorlik, nonboplik xususiyatlari yuqori bo‘lgan seleksion manba, ashyolar yaratilgan;
kuzgi yumshoq bug‘doyning jahon genofondi nav va namunalarini duragaylash natijasida erta va o‘rtapishar, hosildorligi va donining texnologik sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan «O‘zbekiston-25», «Yog‘du» va «Navbahor» navlari yaratilgan;
yangi yaratilgan kuzgi yumshoq bug‘doyning «O‘zbekiston-25», «Yog‘du» va «Navbahor» navlarining boshlang‘ich urug‘chilik tizimi ilmiy asosda tashkil etilgan;
yaratilgan kuzgi yumshoq bug‘doy navlarini patentlashtirish uchun Intellektual mulk agentligiga xujjatlari rasmiylashtirilib, patentlar olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kuzgi bug‘doyning erta, o‘rtapishar yuqori hamda sifatli don hosili beradigan navlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
sug‘oriladigan sharoitlarga mos, don hosili va sifati hamda nonboplik hususiyatlari yuqori bo‘lgan erta va o‘rtapishar kuzgi yumshoq bug‘doyning yangi yaratilgan «O‘zbekiston-25» (NAR00295), «Yog‘du» (NAR00292), «Navbahor» (NAR00291) navlariga Intellektual mulk agentligi tomonidan patentlar olingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 2-fevrvldagi 02/021-387-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi yaratilgan kuzgi yumshoq bug‘doyning «O‘zbekiston-25», «Yog‘du» va «Navbahor» navlarining boshlang‘ich urug‘chilik tizimi ilmiy asosda tashkil etilgan hamda 2019 yil hosili uchun 37890 tonna yuqori navdor urug‘liklar tayyorlangan;
kuzgi yumshoq bug‘doyning yuqori hosilli, nonboplik xususiyatlari yuqori bo‘lgan «Yog‘du» navi 2019 yildan Respublikamizning barcha sug‘oriladigan erlarida, «Navbahor» navi Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida hamda «O‘zbekiston-25» navi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlarining sug‘oriladigan maydonlarida kuzgi muddatlarda ekish uchun 2020 yildan istiqbolli navlar sifatida Qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reestiriga kiritilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 2-fevraldagi 02/021-387-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikaning sug‘oriladigan erlarida «Yog‘du» navi 749.7 gektar, «Navbohor» navi 3609 gektar va «O‘zbekiston-25» navi 7520 gektar maydonga ekilgan;
Tadqiqot ishlari 2019-2020 yillarda Farg‘ona viloyatida 7713 gektar, Samarqandda 370 gektar, Jizzaxda 156 gektar, Surxondaryoda 142 gektar, Qashqadaryoda 100 gektar, Xorazmda 50 gektar, jami 8531 gektar maydonlarda fermer xo‘jaliklari tomonidan ekib kelinmoqda. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 2-fevraldagi 02/021-387-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu navlardan Farg‘ona viloyatida gektaridan o‘rtacha 70-80 sentner yoki 8-12 sentner qo‘shimcha don hosili, Samarqand viloyatida gektaridan o‘rtacha 76 sentner yoki 8-10 sentner qo‘shimcha don hosili, Jizzax viloyatida gektaridan o‘rtacha 70-75 sentner yoki 6-8 sentner qo‘shimcha don hosili, Surhondaryo viloyatida gektaridan o‘rtacha 60-65 sentner yoki 8-10 sentner qo‘shimcha don hosili, Qashqadaryo viloyatida gektaridan o‘rtacha 60-65 sentner yoki 8-10 sentner qo‘shimcha don hosili olishga erishilgan;
I.Egamov hammuallifligida “O‘zbekistonda ekishga tavsiya etilgan kuzgi bug‘doy, dukkakli don ekinlarining mahalliy hamda xorijiy navlarining tavsifi hamda ularni parvarishlash” bo‘yicha tavsiyanoma chop etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 2-fevraldagi 02/021-387-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyanoma respublikamizning qishloq xo‘jalik sohasida, jumladan boshoqli hamda dukkakli don ekinlarini etishtirish bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklari tomonidan foydalanib, yuqori va sifatli don hosili olishga erishilgan.