Maxmudxodjaeva Umida Muminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ichki ishlar organlari tomonidan haq evaziga ko‘rsatiladigan xizmatlarni fuqarolik huquqiy tartibga solishni takomillashtirish”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Yu378.
Ilmiy rahbar: Narmatov Nuriddin Soatmuradovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi, PhD.37/27.02.2020.Yu.107.01.
Rasmiy opponentlar: Rahmonkulova Nilufar Hoji-Akbarovna, yuridik fanlar doktori (DSc), dotsent; Djoldasova Saxipjamal Djalgasovna yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ichki ishlar organlari tomonidan haq evaziga ko‘rsatiladigan xizmatlarni fuqarolik huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtobuslarga ichki ishlar organlarining hamrohlik qilishi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati bo‘linmalari va turizm xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari tomonidan shartnomalar tuzilgan holda pulli asosda amalga oshirilishi asoslab berilgan; 
turistlarni shartnoma asosida kuzatib borish xizmati Ichki ishlar vazirligi Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan turistlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida piyoda va (yoki) maxsus avtotransport vositalaridan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkinligi asoslangan;
davlat ta’lim muassasalari ustavida belgilangan vazifalarga muvofiq pulli ta’lim xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish huquqiga egaligi, bunda ushbu xizmatlarni ko‘rsatish ularning asosiy faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi zarurligi asoslantirilgan;
davlat ta’lim muassasalarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga egaligi, qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun haq undirish tartibi ular tomonidan mustaqil ravishda belgilanishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ichki ishlar organlari tomonidan haq evaziga ko‘rsatiladigan xizmatlarni fuqarolik huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
avtobuslarga ichki ishlar organlarining hamrohlik qilishi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati bo‘linmalari va turizm xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari tomonidan shartnomalar tuzilgan holda pulli asosda amalga oshirilishiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 maydagi «Yo‘lovchilarni avtobusda tashish xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 
424-son qarorining 1-bandi uchinchi xatboshisida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021 yil 3 martdagi 12/21-12-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi ichki ishlar organlari tomonidan fuqarolik huquqiy shartnomalar asosida avtobuslarda yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq xizmatlarni haq evaziga ko‘rsatishning huquqiy asoslarini yaratishga xizmat qilgan;
turistlarni shartnoma asosida kuzatib borish xizmatini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan turistlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida piyoda va (yoki) maxsus avtotransport vositalaridan foydalangan holda ko‘rsatilishiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 avgustdagi «Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan shartnoma asosida pulli xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash to‘g‘risida»gi 669-son qarori bilan tasdiqlangan «Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan shartnoma asosida turistlar va turistik guruhlarni kuzatib borish bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 2-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021 yil 3 martdagi 12/21-12-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi ichki ishlar organlari tomonidan shartnoma asosida turistlarni kuzatib borish xizmatini piyoda va (yoki) maxsus avtotransport vositalaridan foydalangan holda ko‘rsatish tartibining joriy etilishiga xizmat qilgan;
davlat ta’lim muassasalari ustavida belgilangan vazifalarga muvofiq pulli ta’lim xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi, pulli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish davlat ta’lim muassasalarining asosiy faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi, Davlat ta’lim muassasalarida qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatganlik uchun haq undirish tartibi ular tomonidan mustaqil ravishda belgilanishi haqidagi oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘RQ – 637-son qonunining 62-moddasi uchinchi-beshinchi qismlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport qo‘mitasining 2021 yil 2 apreldagi 04/5-05-18-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning qabul qilinganligi davlat ta’lim muassasalari, shu jumladan Ichki ishlar vazirligining ta’lim muassasalari tomonidan haq evaziga ta’lim xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy asosda ko‘rsatish tartib-taomillarini amaliyotga joriy etish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish