Niyozov Xakim Bakoevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jalik hayvonlarida oyoqlarning distal qismi artropatiyasi», 16.00.02–Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/V7.
Ilmiy maslahatchi: Dilmurodov Nasriddin Babaqulovich, veterinariya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti, DSc.27.06.2017.Qx/V.12.02.
Rasmiy opponentlar: Norboev Qurbon Norboevich, veterinariya fanlari doktori, professor; Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Il`yasov Aziz Saidmurodovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qoramol va otlardabo‘g‘imning surunkali aseptik yallig‘lanishlari etiologiyasining mintaqaviy xususiyatlarini, patogenezi va diagnostikasi hamda kasallikni davolash va oldini olishning samarali usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor respublikaning fermer xo‘jaliklari sharoitida hayvonlar bo‘g‘imlarini aseptik yallig‘lanishlarining turlari, etiologiyasi va ularning toksiko-allergik xarakterdagi murakkab patologiya tarzida kechishi aniqlangan;
qoramollarda surunkali fibrinozli sinovitga toksiko-allergik omillar, otlarda surunkali periartikulyar fibrozitga shikastlanishlar sabab bo‘lishi aniqlangan;
hayvonlarda bo‘g‘imlarni yiringsiz yallig‘lanishlarini davolashda neon-geliy lazer nuri bilan nurlantirilgan autoqon va xondrolonni qo‘llashdan iborat davolash usuli ishlab chiqilgan;
qoramol va otlarning bo‘g‘imlarida uchraydigan aseptik yallig‘lanishlarni davolashda an’anaviy usullarga qo‘shimcha ravishda lazer nuri bilan nurlantirilgan autoqon va xondrolonni qo‘llashga asoslangan etiopatogenetik davolash usuli takomillashtirilgan;
qoramol va otlarda bo‘g‘imning yiringsiz yallig‘lanishlarini oldini olishda yuqori samaradorlikni ta’minlaydigan guruhli profilaktik majmua ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qishloq xo‘jalik hayvonlarida oyoqlarning distal qismi artropatiyasi bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
otlarda bo‘g‘imning yiringsiz yallig‘lanishlarini davolash va oldini olishda neon-geliy lazer nuri bilan nurlantirilgan autoqon va xondrolonni qo‘llashdan iborat davolash-profilaktik majmua respublikamizning Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari yilqichilik xo‘jaliklariga joriy etilgan (Davlat veterinariya qo‘mitasining 2017 yil 31 avgustdagi 02/12-195-son ma’lumotnomasi). Bunda otlarda go‘sht mahsuldorligi 9,7 foizga oshgan, bir bosh ot hisobiga samaradorlik o‘rtacha 93 ming so‘mni tashkil etgan;
sigirlarda uchraydigan bo‘g‘imning yiringsiz yallig‘lanishlarini davolash va oldini olishda neon-geliy lazer nuri bilan nurlantirilgan autoqon, xondrolon va Azkamar bentonitini qo‘llashga asoslangan takomillashgan etiopatogenetik davolash va guruhli oldini olish usullari Buxoro va Samarqand viloyatlari qoramolchilik fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Davlat veterinariya qo‘mitasining 2017 yil 31 avgustdagi 02/12-196-son ma’lumotnomasi). Bunda sigirlar sut mahsuldorligi 8,6 foizga oshgan, bir bosh sigir hisobiga samaradorlik o‘rtacha 354,8 ming so‘mni tashkil etgan.