Rasulova Mastura Kabilovnaning
texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Maxsus kiyim ekspluatatsion ishonchliligini ta’minlash usullarini ishlab chiqish», 05.06.04 - «Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni » (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/T290.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Tashpulatov Salix Shukurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Abdukarimova Mashxura Abduraimovna, texnika fanlari doktori; Aripdjanova Dilafruz Uktamovna, texnika fanlari doktori, professor; Jilisbaeva Raushan Orazovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oziq-ovqat sanoati, xususan, yog‘-moy sanoati ishchilari uchun espluatatsiyaning aniq sharoiti va korxona imidji - qiyofasini hisobga olgan holda yuqori ergonomik, estetik, himoya va gigienik xususiyatlarga ega bo‘lgan maxsus kiyimlarning ekspluatatsion ishonchliligini ta’minlash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maxsus kiyimlarning ekspluatatsion ishonchliligini oshiruvchi va ishlash muddatini uzaytiruvchi mochevinoformal`degid oligomer tarkibli eritmani shimdirish yo‘li bilan to‘qimachilik materiallari va ulardan tayyorlangan buyumlarning kam kirishuvchanligini ta’minlash usullari ishlab chiqilgan;
kollagen asosidagi polimer-kompozision materialni qo‘llash orqali mahalliy paxta tolali gazlamadan tayyorlangan maxsus kiyim detallarining chok mustahkamligini ta’minlash usuli yaratilgan;
birinchi marta igna uchi emirilishining chokdagi baxyalar soni, tikiladigan gazlama qavati soni va tikuv mashinasi bosh valining aylanish tezligiga bog‘liqligi va igna uchi emirilishining rivojlanish tenglamasi hamda prognoz baholash uslubi ishlab chiqilgan;
ilmiy tajribani matematik rejalashtirish usuli asosida maxsus kiyim detallari ipli birikmalarining mustahkamlik ko‘rsatkichlari chok kengligi, baxyalar soni va gazlamaning yuza zichligiga bog‘lanishlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan natijalar asosida:
ishchilar uchun maxsus kiyim to‘plamlariga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining sanoat namunalariga patentlari olingan (№ SAP 01077, 2013 y.; № SAP 01851, 2018 y.; № SAP 01950, 2019 y.). Natijada mahalliy paxta tolali gazlamadan tayyorlangan maxsus kiyim komplekti xizmat muddatini oshirish imkonini bergan;
yog‘-moy tarmoqlari ishchilariga maxsus kiyim to‘plamlari uchun konstruktorlik-loyihalashtirish va texnologik hujjatlari «Nurafshon Nur» MChJ, «Tojiniso Fayz» MChJ, “Nurota tikuvchilik” MChJ, “Textile diamond invest” MChJ tikuvchilik korxonalarida joriy etilgan («O’zto’qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 18 avgustdagi 03/14-2454 sonli ma’lumotnomasi). Joriy etilgan natijalar kam kirishuvchan xususiyatga ega paxta tolali gazlamadan tayyorlangan maxsus kiyim ishlab chiqarish imkonini berdi;
paxta tolali gazlamalar va maxsus kiyimlarning kam kirishuvchanligini ta’minlash usuliga Rossiya Federatsiyasi Intellektual mulk federal xizmati tomonidan ixtiro uchun patenti (№ 2739185, 2020 y.), hamda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro uchun patenti olingan (IAP 06565). Natijada to‘qimachilik materiallarining kamkirishuvchanligini 12 % ga, mustahkamligini 10 % ga, g‘ijimlanmaslikni 11 % ga oshirish imkonini bergan;
kam kirishuvchan to‘qimachilik materiallaridan tayyorlangan maxsus kiyimlar ishlab chiqarish «Nurafshon Nur» MChJ va «Tojiniso Fayz» MChJ tikuvchilik korxonalarida («O’zto’qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 18 avgustdagi №03/14-2454 raqamli ma’lumotnomasi) aprobatsiyasi – sinovdan o‘tkazildi va «Nurli Don» MChJ (Jizzax shahri) va «SARDOBA AGRO HOLDING» MChJ (Toshkent shahri) yog‘-moy sanoat korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilindi. To‘qimachilik materiallari va maxsus kiyimlarni ishlab chiqilgan texnologiyasini joriy etish natijasida mahsulotlarning xizmat qilish muddatini 50% ga oshirish ta’minlangan.