Karimov Abdurashid Musaxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda o‘suvchi Scutellaria L. turkumiga mansub to‘rt tur o‘simliklarning flavonoidlari», 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/K30.
Ilmiy rahbar: Botirov Erkin Xojiakbarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.
Rasmiy opponentlar: Mavlyanov Saidmuxtor Maqsudovich, kimyo fanlari doktori, professor; Aripova Salima Fozilovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Scutellaria haematochlora Juz., Scutellaria immaculata Nevski & Juz., Scutellaria nepetoides Popov., Scutellaria ocellata Juz.o‘simliklaridan flavonoidlar ajratib olish, ularning kimyoviy tuzilishini va farmakologik xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
S. haematochlora, S. immaculata, S. nepetoides, S. ocellata o‘simliklaridan 28 ta flavonoid, shu jumladan, 15 ta glikozid va 13 ta aglikon ajratib olingan;
ajratilgan moddalarning 25 tasi flavon, 2 tasi flavanon va 1 tasi flavonollarga mansubligi aniqlangan;
uchta yangi flavonglikozidning (nepetozid A, immakulozid, vogonin-7-O-b-D-glyukopiranozid) kimyoviy tuzilishi tasdiqlangan;
kristallarning rentgenostruktur tahlili amalga oshirilib, 1:1,37 stexiometriknisbatdagivogonin: suv kristallogidrati hosil bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda o‘suvchi Scutellaria L. turkumiga mansub to‘rt tur o‘simlikning flavonoidlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ajratib olingan hamda kimyoviy tuzilishi aniqlangan flavonoid aglikonlari oroksilin A va apigenindan FA-F5-T084 raqamli «Mitoxondriyalar ion transporti va metabolik jarayonlar bioregulyatorlarining me’yor va patologiyadagi ta’sirini tavsiflash» mavzusidagi fundamental loyihada ularning membrana faol xossalarini isbotlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 28 avgustdagi FTA-02-11/559-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi oroksilin A hamda apigeninning mitoxondriya megaporasini yopiq holatga olib kelishi natijasida membrana va hujayra faoliyatini barqarorlashtirish imkonini bergan;
Scutellaria L. turlaridagi flavonoidlarning spektrlari tahlili natijalari 10 dan ortiq xorijiy yetakchi ilmiy jurnallarda birikmalarni identifikatsiya qilish hamda strukturasini aniqlashda foydalanilgan (Arabian Journal of Chemistry, 2016, V. 9. № 3, ResearchGate, IF 1,22; Journal of the Science of Food and Agriculture, 2017, V. 97. № 2, ResearchGate, IF 2,29; Pharmacognosy Journal 2014. V. 6. № 6, ResearchGate, IF 0,94; Chemistry of Natural Compounds 2013, V. 49, №. 5, ResearchGate, IF 0,51;. Journal of Natural Products 2009. T. 72. №6. ResearchGate, IF 3,70 va boshqalar). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi ajratib olingan flavonoidlarning tuzilishini isbotlash imkonini bergan;
Scutellaria L. turkumi turlaridan ajratilgan flavonoidlar Samara davlat tibbiyot universitetida e’tirof etilgan va ilmiy manba sifatida foydalanilgan (Samara davlat tibbiyot universitetining (Rossiya Federatsiyasi) 2017 yil 25 sentyabrdagi 1230/01-37-2867-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari dunyo florasidagi Scutellaria L. turkumining 63 tur o‘simliklari kimyoviy tarkibi va xemosistematikasi bo‘yicha aniq ma’lumotlar olish imkonini bergan.