Tillaeva Umida Maxmudjanovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Fenilglioksil kislota xosilalarining kombinirlangan ta’sirli dori vositalarining sifatini nazorat qilish va standartlashtirishni ishlab chiqishda metodologik yondoshuv», 15.00.02 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Far29.
Ilmiy maslahatchi: Rizaev Kamal Saidakbarovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Urmanova Flyura Faridovna, farmatsevtika fanlar doktori, professor; To‘laganov Abduqodir Abduraxmonovich, farmatsevtika fanlar doktori, professor; Sung-O Xa, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yumshoq dori shakllaridagi (gellar, shamchalar) fenilglioksil kislotasi hosilalarining (fensulkal, benzketozon) majmuaviy ta’sirga ega dori vositalarining sifat nazorati va standartlashni ilmiy va metodologik yondoshishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi faol biologik ta’sirga ega bo‘lgan molekulalarni yaratish maqsadida  fensulkal va benzketozon substansiyalarining ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun rengtgenostruktur va spektroskopik (1N i 13S) tahlil usullari ishlab chiqilgan; 
ilk bor benzketozonni olingan monokristallining molekulyar va kristallik strukturasi rentgenostruktur tahlil usuli yordamida eksperimental va nazariy aniqlangan;
fenilglioksil kislota xosilalari (fensulkal va benzketozon) asosidagi dori preparatlarini hamda ularning mo‘’tadil dori shakllarini «tutash» standartizatsiya usullarini qo‘llash orqali  sifatini nazorat qilishning yagona metodologik va ilmiy asoslangan yondoshuvi ishlab chiqilgan;
shamcha asoslarining majmuaviy ta’sirli faol moddalarga nisbatan dori shaklidagi indifferenligi isbotlangan;
fensulkal va benzketozonning antigistamin preparati setirizin bilan gel dori shaklidagi kombinatsiyasi maqsadga muvofiqligi asoslangan;
fensulkalning setirizin hamda chakanda moyi bilan, shu bilan birga benzketozonning papayya (er ustki qismi) bilan shamcha dori shakllaridagi kombinatsiyasi maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tadqiqot natijalarini joriy qilish. Fenilglioksil kislota xosilalarining kombinirlangan ta’sirli dori vositalarining sifatini nazorat qilish va standartlashtirishni ishlab chiqishda metodologik yondoshuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fensulkal substansiyasi uchun farmakopeya maqolasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK tomonidan tasdiqlangan (FM 42 O‘z–0185-2020) va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (guvohnoma, №DV/M.03587/10/20). Natijada, mahalliy fenilglioksil kislota xosilasi bo‘lgan dori substansiyasini ishlab chiqarish imkonini bergan;
benzketozon substansiyasi uchun farmakopeya maqolasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK tomonidan tasdiqlangan (FM 42 O‘z–0850-2020) va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (guvohnoma, №DV/M.03588/10/20). Natijada, mahalliy nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalarni yaratish uchun substansiya ishlab chiqarish imkonini  bergan;
fensulkal sirtga qo‘llash uchun 3% geli uchun korxona farmakopeya maqolasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK tomonidan tasdiqlangan (KFM 42 O‘z–25290387-4563-2021) va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (guvohnoma, №DV/M.03820/06/21). Natijada, mahalliy nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalar assortimentini kengaytirish imkonini  bergan;
«Fenzin» sirtga qo‘llash uchun kombinirlangan geli uchun korxona farmakopeya maqolasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK tomonidan tasdiqlangan (KFM 42 O‘z–25290387-4562-2021) va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (guvohnoma, №DV/M.03934/10/21). Natijada, nosteroid yallig‘lanishga qarshi hamda antiallergik ta’sirli yumshoq dori shakldagi preparatlar assortimentini kengaytirish imkonini  bergan;
monokristall ko‘rinishidagi benzketozon kislotasi monogidratining kristallografik ma’lumotlari Kembridj kristallografik ma’lumotlar Markazida deponirlangan (№2089586, 12.06.21 y.) hamda halqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (http://www.ccdc.cam/).ac.uk/solutions/cds-system/components/cds/). Natijada, yangi biologik faol  analogik ta’sirga ega moddalarni sintez qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish