Ilyasova Munisa Mirvalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Donchilikda qo‘llanilayotgan pestisidlarning organizmga toksik ta’siri va zaharlanishlarni oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish» 14.00.07 - Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2017.3.PhD/Tib392.
Ilmiy rahbar: Xamrakulova Muqaddasxon Asqarovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Zaredinov Damir Arifovich, tibbiyot fanlari doktori., professor; Ermatov Nizom Jumaqulovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand Davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy donchilikda faoliyat yuritayotgan ishchilarning mehnat sharoitlarini kompleks gigiyenik baholash va metabolizm jarayonlarini korreksiya qilish yo‘li bilan maxsus profilaktika va davolash bo‘yicha tavsiyalarni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Granstar, Tayfun, Bagira va Dalate plyus bilan zaharlanishni erta tashhislash va profilaktika usullari ishlab chiqilgan;
biokimyoviy usullardan foydalangan holda o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlar asosida, o‘rganilayotgan xar bir pestisid ta’sirida patologik jarayonning erta namoyon bo‘lishining tashxislanishi asoslangan;
ilk bor insektisidlar va gerbisidlarning ketma-ket va izolyasiyalangan ta’siri ostida organizmdagi metabolik jarayonlarning o‘zgarishi darajasi aniqlangan;
biologik faol moddalar kompleksi yordamida pestisidlardan zaharlanishni davolash va oldini olishning yangi usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Donchilikda qo‘llanilayotgan pestisidlarning organizmga toksik ta’siri va zaharlanishlarni oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pestisidlarning organizmga toksik ta’sirin oldini olish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Donchilikda qo‘llaniladigan pestisidlar bilan ishlashda zaharlanishlarni oldini olish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 yanvardagi 012-3/343–son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma donchilik sohasida faoliyat yuritayotgan ishlovchilar salomatligini muhofazalash va zaharlanishlarni oldini olish bilan kasb kasalliklarini kamaytirish imkonini bergan;
donchilikda qo‘llanilayotgan pestisidlarning organizmga toksik ta’siri va zaharlanishlarni oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish asosida olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi Xizmatiga va uning Toshkent viloyati bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 yanvardagi 012-3/343–son ma’lumotnomasi). Natijalar, pestisidlar bilan zaharlanishlarning patogenetik profilaktika choralarini amalga oshirishga imkon bergan.