Abdurazzakova Dilrabo Seytbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xlamidiy infeksiyasi bilan birgalikda kelgan revmatoid artritning kechishi va davolash xususiyatlari», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib851.
Ilmiy rahbar: Nabieva Dildora Abdumalikovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc 04/30.12.2019.Tib 30.02. 
Rasmiy opponentlar: Axmedov Xalmurad Sadullaevich, tibbiyot fanlari doktori; Abdullaev Akbar Xatamovich, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xlamidiy infeksiyasi bilan birgalikda kelgan revmatoid artrit kassalligining klinik kechish xususiyatlari va davolash samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xlamidiy infeksiyasi bilan revmatoid artritning faollik darajasi oshishi, tizimli ko‘rinishlarining (limfadenopatiya, subfebrilitet) ifodalanganligi orasida bog‘liqlik asoslangan;
revmatoid artritli bemorlarda yallig‘lanish sitokinlari interleykin-1v, interleykin-6, interleykin-10, o‘sma nekrozi omili-b titrlarining yuqoriligi xamda Chlamydia trachomatis infeksiyasi titrlarining ortishi orasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
revmatoidli artrit xlamidiy infeksiyasi bilan assotsiirlanganda vizual analogli shkala ko‘tarilishi, Richi indeksi bo‘yicha bo‘g‘im funksional imkoniyatlarining va SF-36 bo‘yicha bemorlar hayot sifati ko‘rsatkichlarining nisbatan kamayishi aniqlangan;
xlamidiy infeksiyasi bilan birgalikda kelgan revmatoid artritga yallig‘lanishga qarshi bazis davo tavsiya etilganda xlamidiy infeksiyasi eradikatsiyasining birlamchi o‘rni asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Xlamidiy infeksiyasi bilan birgalikda kelgan revmatoid artritning kechishi va davolash samaradorligini baholash buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xlamidiy infeksiyasi bilan birgalikda kelgan revmatoid artritni davolash buyicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Xlamidiy infeksiyasi bilan birgalikda kelgan revmatoid artritni davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 avgustdagi 8 n-z/260-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma xlamidiy infeksiyasi bilan birgalikda kelgan revmatoid artritni davolash  bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish imkonini bergan;
revmatoid artritga xlamidiy infeksiyasi qo‘shilib kelishini tashxislash buyicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Revmatoid artritga xlamidiy infeksiyasi qo‘shilib kelishini tashxislash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 avgustdagi 8n-z/260-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma xlamidiy infeksiyasi bilan birgalikda kelgan revmatoid artritni erta tashxislash usullarini muqobillashtirish imkonini bergan; 
xlamidiy infeksiyasi bilan birgalikda kelgan revmatoid artritni  tashxislash va uni davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi U. Xalmuratov nomidagi ko‘p tarmoqli klinikasi hamda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 5 noyabrdagi 08-04/16527-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi xlamidiy infeksiyasi bilan birgalikda kelgan revmatoid artritni erta aniqlash, salbiy oqibatlarni bashoratlash, profilaktika va davolashni optimallashtirish, hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish