Nosirov Xabibullo Xikmatullo o‘g‘lining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Televizion dasturlarning media kontentini siqishning yuqori samarali tizimlari, sifatini baholash va ularni takomillashtirish uslublari», 05.04.02–Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil`, tola-optik aloqa tizimlari (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T140.

Ilmiy rahbar: Kamilov Mirzoyan Mirzaaxmedovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.

Rasmiy opponentlar: Radjabov Tel`man Dadaevich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Nigmatov Xikmat, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: «UZTELECOM» AK.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: televizion dasturlarning media kontenti hajmini tasvir va tovushning yaxshi sifat darajasini saqlagan holda yuz va undan ortiq marta kamaytirishni ta’minlovchi yuqori samarali siqish tizimini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

tasvirni o‘lchami adaptiv o‘zgaruvchan bloklar yordamida bir xil ko‘rinishga keltiruvchi yorqinlik o‘zgartirish usuli yaratilgan;

TV dasturlarning audiosignallarini siqish koeffisientini oshiruvchi audiokadrlararo qayta ishlash usul va algoritmi ishlab chiqilgan;

videosignallarni siqishning katta koeffisientlarida tasvir sifatini oshiruvchi kadrlararo masshtablash algoritmi yaratilgan;

TV dasturlar videosignallarini o‘lchami o‘zgaruvchan bloklar yordamida yorqinlik o‘zgartirishlarini amalga oshirib, tasvir sifatini oshiruvchi kadrlararo masshtablash asosidagi siqish tizimi ishlab chiqilgan;

audio-video kodekning struktura sxemasi va shakllantirilgan elementlar bazasi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Audio-videosignallarni o‘lchamlari adaptiv o‘zgaruvchan bloklar qo‘llanilgan yorqinlik o‘zgartirishlari va audiokadrlararo qayta ishlash usullari yordamida ishlab chiqilgan siqish tizimi asosida:

TV dasturlarning tasvirlarini vaqt bo‘yicha ortiqchaligini yo‘qotuvchi kadrlararo qayta ishlashga asoslangan, tasvir sifatini saqlab qolib tuzilmaviy ortiqchaligini adaptiv bloklar yordamida yo‘qotuvchi videosignallarni samarali siquvchi tizimi «O‘zbekiston MTRK mediamarkazi» davlat unitar korxonasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 25 sentyabrdagi 33-8/6360-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari chiquvchi audio-video fayllarning hajmini 1,2 marta kamaytirish va serverda 20% ko‘proq ma’lumotlarni saqlash imkonini bergan;

audiokadrlararo qayta ishlashga asoslangan audiosignalning vaqt bo‘yicha ortiqchaligini yo‘qotish tizimi «Respublika teleradiomarkazi» davlat unitar korxonasi Toshkent radioeshittirish uyida yozib olingan audiosignallarni siqish jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 25 sentyabrdagi 33-8/6360-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar tovush signallarida takrorlanishlarni kodlab, chiquvchi fayllarning hajmini dastur syujetga bog‘liq holatda 1,05–1,1 martagacha (5–10%) kamaytirish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish