Xasanova Nodira Ibragimovaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): ”O‘zbekistonda sovet hukumatining madaniy-ma’naviy siyosati va uning natijalari (Surxon vohasi hududi misolida, 1917-1941 yy.)”, 07.0.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan rakam: B2019.4.PhD/Tar579.    
Ilmiy rahbar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019. Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: G‘afforov Shokir Safarovich, tarix fanlari doktori, professor; Ermetov Avaz Abdullaevich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda sovet hukumatining madaniy-ma’naviy siyosati va uning natijalariga (Surxon vohasi hududi misolida, 1917-1941 yy.)  oid jarayonlarni mintaqada yuz bergan tarixiy voqeiylikning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vohada mustabid tuzumning o‘rnatilish davrida “polvon”, “rais”, “oqsoqol”, “Bitsin savodsizlik”, “Hujum” harakati, “Uchlik”, “qizil gvardiyacha hujum”, “xudosizlar ittifoqi”, “Bitsin savodsizlik” kabi shiorlar orqali milliy til, madaniyat va adabiyot davomiyligini to‘xtatish, davlatchilik  shovinizmi, masjid, madrasa, eski maktablarni yo‘q qo‘lishga urinishlar bo‘lganligi isbotlangan; 
vohada  savodsizlikni tugatish shiori asosida 1925 yilda  Termizda 2 ta, Sherobodda 4 ta, Denovda 3 ta, Sariosiyoda 2 ta qizil choyxonalar ish boshlab, 1928 yili Surxondaryoda 18 ta «qizil choyxona», 13 ta «qizil klub»lar faoliyat olib borganligi isbotlangan;
vohada sog‘liqni saqlash muassasalarining tashkil etilishi, yuqumli kasalliklar, saraton, kuchli jarohatlar, jarrohlik bilan bog‘liq  kasalliklarni davolashda mahalliy tabiblarning malakasi va imkoniyatlari etarli emasligi, vabo, kuydirgi, chechak, qizamiq, koklyush (ko‘kyo‘tal), kal (parsha), shol, difteriya, dizenteriya, bezgak, sil, gepatit, tif singari kasalliklarni davolash aholi uchun murakkab bo‘lganligi, 1924 yilda Termiz shahrida birinchi kasalxona tashkil etilib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish yaxshilana boshlaganligi isbotlangan;
1921 yilda Termizda birinchi sovet maktabi (Termiz ta’lim-tarbiya (pedagogika) texnikumi)ning ochilganligi, rus alifbosi asosida mahalliy aholini savodli qilish ishlarining boshlanganligi, 1930 yilga kelib Sheroboddagi 38333 aholidan 216 erkak va 2 ta ayol rus alifbosi asosida to‘liq ma’lumotli bo‘lganligi kabi ma’lumotlar dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda sovet hukumatining madaniy-ma’naviy siyosati va uning natijalari Surxon vohasi misolida 1917-1941 yillardagi tarixini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
vohada sovet hokimiyati tomonidan tashkil etilgan maktablar, savodxonlik uylari, tibbiyot maskanlari, tibbiyot xodimlari, muzeylar, qizil choyxonalari, klublar, kutubxonalar, teatr, xalq ansambllari, ateistik tarbiya va savodsizlikni tugatish kompaniyasi, paranji tashlash targ‘iboti kabi ma’lumotlardan Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi fondlarini boyitishda, shuningdek Termiz davlat universiteti tuzilmasida Qatag‘on qurbonlari muzeyi ekspozisiyasining “Sovetlar hokimiyati davri” nomli bo‘limini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyining 2020 yil 16 oktyabrdagi 72-son ma’lumotnomasi). Natijada, arxiv hujjatlarining nusxalari, qatag‘on bo‘lgan shaxslarning fotolari, tarixiy hujjatli fil`mlar nusxalari hamda og‘zaki tarix materiallari asosida ekspozisiyaning yanada qiziqarli va ta’sirchan bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etgan;
sovet hokimiyatining vohada amalga oshirgan madaniy-ma’naviy islohotlarining samarasi, milliy madaniyat, urf-odatlar, marosimlar, qadriyatlarni kamsitilishi, milliy ziyolilarni ozodlik kurashi, mahalliy maktablarning yopilishi, milliy ziyolilarning qatog‘on qilinishi, xalqimizning urf-odatlar, qadriyatlar va marosimlariga oid manbalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” dasturida “Qatag‘onlik siyosatining vohadagi oqibatlari” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 27 noyabrdagi 02-40-1182-son ma’lumotnomasi). Natijada sovet davlatining ilm-fan va maorif sohasida  amalga oshirgan qatag‘onlik siyosati, uning ijtimoiy-madaniy oqibatlarini tahlil qilish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish