Xusanov Alijon Karimovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sharqiy Farg‘ona shiralari (Homoptera: Aphidinea) faunasi va morfo-ekologik xususiyatlari», 03.00.06–Zoologiya (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/V55.

Ilmiy rahbar: Axmedov Madaminbek Xatamovich, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Zoologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.52.01.

Rasmiy opponentlar: Kimsanboev Xo‘jamurot Xamraqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Mo‘minov Boqijon Alimovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Sharqiy Farg‘ona shiralarining faunasi, morfo-ekologik xususiyatlari va ularni ozuqa o‘simligiga ixtisoslashishi yo‘nalishlarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Sharqiy Farg‘ona shiralarining 7 oila, 76 urug‘ga mansub 200 tur va 4 ta kenja turlaridan iborat taksonomik katalogi tuzilgan, shulardan fan uchun 1 tur (Callipterinella ferganica Akhmedov et Khusanov) va 1 kenja tur (Euceraphis pilosa arslanbobica Akhmedov et Khusanov) hamda fauna uchun 1 urug‘ (Callipterinella) va 67 tur aniqlangan;

shaftoli barg shirasi yangi ozuqa o‘simliklari – Cerasus awium va Cerasus mahalebda uchrashi aniqlangan;

Sharqiy Farg‘ona shiralarining «parazit-xo‘jayin» tizimida ozuqa o‘simligiga ixtisoslashish xususiyatlari aniqlangan;

Sharqiy Farg‘ona shiralarining «parazit-xo‘jayin» tizimidagi morfologik va ekologik yo‘nalishlari aniqlangan;

transgressiya hodisasi asosida ekologik talab darajasi yaqin bo‘lgan turlarning ekologik nishalari parametrlari ochib berilgan;

intensiv olma bog‘lari entomofaunasi tur tarkibi va entomokomplekslarning shakllanish bosqichlari aniqlangan,

shiralarning iqtisodiy zarar keltirish darajasi hamda entomofaglarning samaradorlik darajasi isbotlangan;

intensiv olma bog‘larining tengqanotli-xartumli hasharotlariga qarshi kurash usullari takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Sharqiy Farg‘ona shiralari faunasi va morfoekologik xususiyatlarini tadqiq qilishdan olingan ilmiy natijalar asosida:

intensiv meva bog‘lari zararkunandalariga qarshi ishlab chiqilgan ekologik toza mahsulotlar etishtirish imkonini beruvchi samarali kurash usullari o‘rmon xo‘jaliklari va intensiv bog‘larda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining
2017 yil 7 sentyabrdagi 02/20-449-son ma’lumotnomasi). Natijada kimyoviy preparatlarni qo‘llanilishi keskin kamayishiga va hosildorlikning ortishiga imkon bergan.

Sharqiy Farg‘ona intensiv olma bog‘lari entomokomplekslari va agrotsenozlarining shakllanish xususiyatlari, olmazorlarni tengqanotli-xartumli hasharotlardan himoya qilish O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasiga joriy etilgan (O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining 2017 yil 5 oktyabrdagi 50-04-759-son ma’lumotnomasi). Natijalar respublika hududiga shiralarning xavfli turlarini chetdan kirib kelishi va tarqalishini oldini olish, ularga qarshi uyg‘unlashgan kurash usullarini qo‘llash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish