Mamirov Uktam Farxodovichning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Noaniq dinamik ob’ektlarni adaptiv boshqarish tizimlarini muntazam sintezlash usullari va algoritmlari», 05.01.08-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/T440
Ilmiy maslahatchi: Igamberdiev Xusan Zakirovich, texnika fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Maraximov Avazjon Raximovich, texnika fanlari doktori, professor; Nazarov Ulug‘bek Sultanovich, texnika fanlari doktori, professor; Fayzimatov Shuxrat Numanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Ximavtomatika” MChJ QK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: noaniq dinamik ob’ektlarni adaptiv boshqarish tizimlarini muntazam sintezlash usullari va algoritmlarini ishlab chiqish hamda ularni muayyan ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqarish masalalarini echishda amaliy qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshqariladigan tizimlar dinamikasining teskari masalalari konsepsiyalari va nokorrekt masalalarni muntazamlashtirish prinsipi asosida noaniq dinamik ob’ektlarni adaptiv boshqarish tizimlarini sintez qilish usullari va algoritmlari ishlab chiqilgan;
maksimal rangli chap va o‘ng nol bo‘luvchilar bilan ajratilgan buzilmagan blokli matrisani teskarilashning muntazam algoritmlari asosida boshqarish ob’ektlarining holat vektorini baholash protsedurasini noaniqlik omillarining ta’siriga sezgirmasligini oshirish algoritmlari ishlab chiqilgan;
taxminiy matematik modellar mavjudligida lokal optimallashtirish usuli asosida noaniq dinamik ob’ektlarni barqarorlashtirish tizimini sintez qilishning muntazam algoritmlari ishlab chiqilgan;
oraliq hisoblashlarning to‘g‘riligini nazorat qilishni osonlashtirishga imkon beruvchi muntazam iteratsion algoritmlar asosida tashqi g‘alayonlar va signalli noaniqlik mavjudligida chiziqli dinamik ob’ektlarni barqarorlashtirish algoritmlari ishlab chiqilgan;
aylantirish yoki qaytarish matrisalari yordamida rostlagich koeffisientlari uchun tenglamalar tizimidagi matrisani yoyish asosida noaniq boshqarish ob’ektlarining boshqarish bo‘yicha turg‘unlik xususiyatini e’tiborga olgan holda dissipativlik to‘g‘risidagi masalada adaptiv rostlagichni sintez qilishning muntazam algoritmlari ishlab chiqilgan;
koordinatali va parametrik g‘alayonlar etarlicha keng diapazonda o‘zgarganda tizimning ishlash qobiliyatini ta’minlovchi tezlik gradienti, parametrli va signalli moslashtirish usullari asosida noaniq dinamik ob’ektlarni adaptiv boshqarishning muntazam algoritmlari ishlab chiqilgan;
matrisani yoyishning turli hisoblash sxemalari asosida ob’ekt holati to‘g‘risidagi ma’lumotlari noto‘liq bo‘lgan dinamik ob’ektlarni boshqarish tizimlarini sintez qilishning muntazam soddalashtirilgan hisoblash protseduralari ishlab chiqilgan;
minimal iteratsiya va matrisalarni bloklarga bo‘lish usullaridan foydalanib umumlashtirilgan sozlanuvchi ob’ektning bazaviy strukturasi uchun kengaytirilgan tenglamalar tizimi asosida parametrik noaniqlik sharoitida ko‘p qatlamli neyron tarmoqli adaptiv boshqarish tizimlarini sintez qilishning muntazam algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Noaniq dinamik ob’ektlarni adaptiv boshqarish tizimlarini muntazam sintezlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi ko‘rinishda joriy qilingan:
boshqarish ob’ektlarining holat vektorini baholash protsedurasini noaniqlik omillarining ta’siriga sezgirmasligini oshirish algoritmlari «Navoiyazot» AJ da joriy qilingan («O‘zkimyosanoat» AJning 2021 yil 22 sentyabrdagi 04-3420-son ma’lumotnomasi). Natijada, algoritmlar sozlanuvchi modelli adaptiv boshqarish tizimlarida rostlagich parametrlarini baholash algoritmlarini sintezlash masalalarini muntazamlash va apriori noma’lum tashqi g‘alayonlarga turg‘un bo‘lgan qidirilayotgan qiymatlar bahosini olish imkonini bergan;
chiziqli noaniq dinamik ob’ektni barqarorlashtirishning muntazam algoritmlari «Navoiyazot» AJ da joriy qilingan («O‘zkimyosanoat» AJning 2021 yil 22 sentyabrdagi 04-3420-son ma’lumotnomasi). Natijada, algoritmlar ideal ishlash shartlari buzilganda adaptiv tizimlarni ishlash qobiliyatini ta’minlash imkonini bergan;
matrisani yoyishning turli hisoblash sxemalari asosida ob’ekt holati to‘g‘risidagi ma’lumotlari noto‘liq bo‘lgan dinamik ob’ektlarni boshqarish tizimlarini sintez qilishning muntazam soddalashtirilgan hisoblash protseduralari «Navoiyazot» AJ da joriy qilingan («O‘zkimyosanoat» AJning 2021 yil 22 sentyabrdagi 04-3420-son ma’lumotnomasi). Natijada, berilgan spektrli tizimlarni sintezlash masalasini muntazamlashtirish va ammiakli selitra ishlab chiqarishda jarayonlarning texnologik rejimlarini barqarorlashtirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish